Abdul-Baho vafotining 100 yilligi

 

“Butun insoniyatga, xoh u do‘st, xoh dushman bo‘lsin, hamisha mehr ila boqqan ko‘zlar, endi yumildi”.

1921-yil 28-noyabrda Abdul-Baho Muqaddas Zaminda vafot etadilar. Vafotining 100 yilligi nishonlanayotgan bu yilda butun dunyo Ul Zotning merosi va hayotini xotirlaydi.

“Yahudiylar, nasroniylar, musulmonlarning muqaddas kitoblari bilan yaqindan tanish bo‘lgan, dalillarga tayyor, illyustratsiyalarga mos, bundan-da ifodaliroq nutqni topish amri mahol…”

Kembridj universiteti,

professor E.G. Braun

Abdul-Baho shaxsiyati

Bahoiy Dinining asoschisi Bahoullohning to’ng’ich o’g’li Abdul-Baho edi. Har bir bahoiy uchun Ul Zot Ollohning Mukammal Namunasi va Siri, Bahoulloh ta’limotining jonli timsolidir.

Bolaligida Abdul-Baho O‘z Otasi Bahoullohning qamoqqa mahbuslikka olinganda guvoh bo’ladi va oilasi bilan o’z ona yurti Erondan Iroq, Bog’dodga surgun qilinadi. Keyinchalik ularning barchasi Usmoniylar Imperiyasiga qarashli Akko-zindon shahriga surgun qilinadi. Bahoulloh qamoqda bo’lganida, Abdul-Baho O’z oilasi va izdoshlariga g’amxo’rlik qiladi, Otasini himoya qiladi, kambag’al va muhtojlarga g’amxo’rlik qiladi. Bahoulloh O‘zining barcha izdoshlariga vafotidan keyin Abdul-Bahoga yuz tutishni buyuradi.

1908-yilda yosh turk inqilobi bilan bog’liq voqea tufayli Abdul-Bahoning qamoq va surgunlari o‘z nihoyasiga yetadi. Ul Zot Sharqqa, keyin Yevropa va Shimoliy Amerikaga tarixiy sayohat qiladi. Ul Zotning omma oldida chiqishlari Bahoiy E’tiqodining muhim tamoyillarini yetkazdi va ularni insoniyatning dolzarb ehtiyojlari bilan bog‘lab, tinchlik ishini, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglikni, irqiy adolatni, ijtimoiy islohotlarni va dinning jamiyatdagi rolini ta’kidladi.

Turkiston Bahoiylar Jamoasi
Ashxoboddagi maktab
Turkistondagi birinchi Bahoiylar ibodatxonasi

Abdul-Baho va Turkiston

Eronda, Bahoiylar hanuz qattiq tazyiq ostida еkan, ularning koʼplari Ishqobodda, Turkistonda (hozirgi kunlarda Turkmaniston, Ashxobod) qaror topadilar. U yerdan Eʼtiqod Oʼrta Osiyoning qator shaharlariga tarqaladi.

1902 yilda, Bahoullohning niyatini amalga oshirish uchun Аbdul-Bahoning rahbarligi ostida Ishqobod bahoiylari, dunyodagi birinchi Ibodat Uyini joriy etadilar. Ushbu inshoot qurilishining har bir bosqichini Аbdul-Bahoning shaxsan oʼzlari Bobning boʼlasi amakivachasi Vakuliddin Аfnon orqali kuzatib boradilar. Jamoa Ibodatgoh atrofida maktab, shifoxona va universitet kabi yon muassasalarni oʼrnatadi va Аbdul-Bahoning rahbarligi ostida gullab yashnaydi.

Bahoiy jamoalari asta-sekin Samarqand, Toshkent va Buxoroda vujudga kela boshladi. Bu erda ular Forsga qaraganda ancha katta erkinlikka ega edilar va o’zlarining gumanitar  hamda ma’rifiy vazifalarini bajara oladilar. Ta’limning ma’naviy va ijtimoiy tamoyillarini ochiqdan-ochiq ta’kidlagan va amalda qo’llagan jamoa a’zolari atrofdagilar tomonidan hurmatga sazovor va nihoyatda halol hamda ishonchli obro’ga ega edilar.

80-yillarning oxiriga kelib, hozirgi O’zbekiston hududida allaqachon 70 ga yaqin Bahoiylar mavjud edi. Toshkentda kutubxona, o’qish zali hamda «Vahdat» («Birlik») nomli Bahoiy nashriyoti ochildi. 1916 yilda Bahoullohning fors va arab tillarida yozgan duolari va bitiklari nashr etilib, bugungi kungacha saqlangan.