Birdamlikdagi Turfa Jamoa
“Birdamlik bir xillika intilishda emas, balki turfalikdadir va bu hayotni tashkil etuvchi asosiy tamoyildir.”
– O‘zbekiston Bahoiy Hamjamiyati
O‘zbekiston Bahoiylari, ona diyorlari farovonligiga, uning ruhiy, ijtimoiy va moddiy sharoitlarini yaxshilashga o‘z kuchini baxshida etgan, jahon hamjamiyatining bir qismi bo‘lib hisoblanuvchi O‘zbekiston fuqarolari hamjamiyatidir.



Diyorimiz Bahoiylari O‘zbeksitondagi ko‘p millatlilik va turfalikni aks ettirib, o‘z ichiga o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, tatarlar, ruslar va boshqa millatlarni oladi. Keng doiradagi kishilar bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatish, Hazrat Bahoullohning birdamlik haqidagi qarashiga uyg‘undir. Biz Ul Zotning qarashini amalga oshirishda, jamiyatda inson oliyjanobligi va sha’nini qo‘llash, madaniy turfa xillikni qadrlash, hamda uning a’zolari o‘rtasida ongli ravishda hamdo‘stlik va birdamlikni rag‘batlantirish uchun do‘stlarimiz va qo‘shnilarimiz bilan hamkorlik qilamiz.
Bahoiylarning jamiyat taraqqiyotiga qarashi shundan iboratki, butun insoniyat o‘z evolyusion rivojning navbatdagi
bosqichiga, ya’ni kollektiv bolalik pallasidan balog‘at bo‘sag‘asiga yaqinlashmoqda. Bu uzoq kutilmish tinchlik va farovonlik zamonasining amalga oshish paytidir. Bahoiy ta’limoti, shuningdek bizni insonlar orasiga parokandalik soluvchi cheklovlardan ozod bo‘lishga va bir birimizga nisbatan yagona vatandoshlar va bir oila a’zolari kabi qarashga chorlaydi. “Zamin yagona mamlakat va insoniyat uning fuqarolaridir…”
Bahoiylar ishonadilarki, rivojlanishning har bir bosqichida insonlar sivilizasiyani oldinga suruvchi bilimlarga ehtiyojmand bo‘lganlar. Ushbu talabga javob o‘laroq, Olloh insoniyatga Elchilar sifatida tanilgan Ilohiy Murabbiylarni yuborib kelgan, Ular keltirgan bilim va ta’limotlar sivilizasiya taraqqiyoti uchun zamin yaratgandir. Ibrohim, Krishna, Zoroastr, Muso, Budda, Iso va Muhammad shular jumlasidan. Zamon jihatidan oxirgi elchi bo‘lmish Bahoullohning tushuntirishicha, bu dinlarning barchasi yagona manbadan nozil bo‘lmish va o‘z mohiyatida yagona Olloh dinining ketma ket bo‘limlarini tashkil etar. Hazrat Bahoulloh qarashiga asosan, sivilizasiya taraqqiyotining navbatdagi bosqichi insoniyat birdamligi bilan bog‘liqdir.
O‘zbekistonda Jamoaning Paydo Bo‘lish Tarixi >
1880-yillardan boshlab, O‘rta Osiyo va Eron xalqlarining yaqin munosabatlari tufayli Turkiston hududidagi Ashxobod, Samarqand, Toshkent va Buxoro shaharlarida bahoiy jamoalari vujudga kela boshladilar.
Jamoaning Ma’muriy Boshqarilish Tartibi >
Hazrat Bahoulloh shaxs, jamiyat va muassasalar o‘rtasida yangi munosabatlarni joriy etishga asoslangan ijtimoiy ishlarni tashkillashtiruvchi yangi institutional mexanizmlarni ochib berdilar.
Hazrati Bahoulloh va Ul Zotning Ahdi >
Bahoiy E’tiqodi vujudga kelishining asoslari va uning o‘ziga xos birligi manbai.
Olloh va Uning Yaratmishi >
Olloh, zuhur, insoniyat, tabiat dunyosi va sivilizatsiyaning oldinga siljishi.
Muhim Munosabatlar >
Shaxs, jamoa va muassasalar orasida insoniyat birdamligi tamoyilini o‘zida namoyon etuvchi munosabatlarni rivojlantirish.
Umumbashariy Tinchlik >
Tinchlikka erishish va yangi global sivilizatsiyani yaratish uchun zaruriy tamoyillar.