O‘zbekistonda Jamoaning Paydo Bo‘lish Tarixi
Turkiston hududida birinchi Bahoiy Jamoalarining vujudga kelishi
Bahoiy tarixi XIX asr, Hazrati Bahoulloh izdoshlari qatag’on qilingan va Forsdan Turkiston hududiga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan paytdan boshlanadi.
Ko’p o’tmay, Ashxobodda joylashgan kichik bir jamoa kengayib, eng birinchi Ibodat Uyini qurishni boshladi, uning yonida boshqa institutsional tuzilmalar: maktab, kasalxona va bosma nashrlar joylashgan edi.
Bahoiy jamoalari asta-sekin Samarqand, Toshkent va Buxoroda vujudga kela boshladi. Bu erda ular Forsga qaraganda ancha katta erkinlikka ega edilar va o’zlarining gumanitar hamda ma’rifiy vazifalarini bajara oladilar. Ta’limning ma’naviy va ijtimoiy tamoyillarini ochiqdan-ochiq ta’kidlagan va amalda qo’llagan jamoa a’zolari atrofdagilar tomonidan hurmatga sazovor va nihoyatda halol hamda ishonchli obro’ga ega edilar.
80-yillarning oxiriga kelib, hozirgi O’zbekiston hududida allaqachon 70 ga yaqin Bahoiylar mavjud edi. Toshkentda kutubxona, o’qish zali hamda «Vahdat» («Birlik») nomli Bahoiy nashriyoti ochildi. 1916 yilda Hazrati Bahoullohning fors va arab tillarida yozgan ibodatlari va bitiklari nashr etilib, bugungi kungacha saqlangan.
Sovet Ittifoqi davrida Bahoiy jamoalari.
Ko’p yillar davomida bahoiy haqida zikr qilish qattiq jazoga olib kelishi mumkin edi hamda repressiyalar paytida Samarqand va Toshkent jamoalarining ko’plab a’zolari turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan yoki surgun qilingan. 1936 yilgacha Sovet hukumatining qatag’onlariga qaramay, Bahoiy jamoalari Toshkent, Samarqand va Buxoroda, shu jumladan ayollar va bolalar faoliyat yuritgan. 1937 yildan keyin jamoalarning faoliyati to’xtatildi.
1963 yildan boshlab, SSSR davrida taqvodorlar bayram va muqaddas kunlarni nishonlash uchun to’planishlari mumkin edi. Boshqa mamlakatlar jamoalari bilan yo’qolgan aloqalar tiklana boshladi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng Bahoiy jamoalari.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng va 1991 yilda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» gi qonun asosida va taqvodorlarning sa’y-harakatlari orqali Samarqand, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Jizzak, keyinchalik Oxangaron rasmiy ravishda ro’yxatdan o’tkazildi, shuningdek mahalliy kollegial (Mahalliy Ruhoniy Kengash deb ataluvchi) boshqaruv organlari sifatida saylandi.
