Jamoa hayotini bunyod etish
“Insoniyat uchun eng oliy zarurat hamkorlik va o‘zaro munosabatdir… . Odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalari qanchalik kuchli bo‘lsa, barcha insoniy faoliyat sohalaridagi bunyodkorlik va muvaffaqiyatning kuchi ham shunchalik qudratli bo‘ladi”
— Abdul-Baho



O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida, bahoiylar o‘z do‘stlari bilan birgalikda Bahoullohning farovon dunyo haqidagi qarashiga munosib ravishda, jamoa hayoti namunasini yaratishni o‘rganmoqdalar. Bunday qarashga binoan, har bir kishi o‘z rolini bajarishi kerak. Butun mahalla farovonligi va ravnaqini ta’minlashdek yagona maqsad atrofida turli yosh va toifa odamlari jipslashadi. Mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, aholining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishga javoban, Ollohga sig‘inish va odamlarga xizmat qilishni yagona bir jarayonga bog‘lashga intilar ekan, ular, amalda o‘rganishlik yondoshuviga tayanadi.
O‘z a’zolarining xilma-xilligidan kuch olguvchi kuchli va birdam jamoa hamma uchun ochiqdir. “Hech kimni begona deb hisoblamang, – deb yozadi Abdul-Baho, – hammani do‘st tuting, zero tafovutlarga katta ahamiyat beriladigan joyda muhabbat va birlik bo‘lmaydi…”. “Har bir mavjudot Ollohning alomatidir va faqat Rabb inoyati va Uning irodasi bilangina har bir jon dunyoga kelgandir; shuning uchun odamlar orasida begonalar yo‘q, chunki ularning barchasi bir oila a’zolari; begonalar yo‘q, faqat do‘stlar bor, hammaga o‘z yaqinimizga bo‘lgandek munosabatda bo‘lish kerak”.
Joylarda jamoa hayotini bunyod etishda bahoiylarning yondashuvi bolalar va yoshlarning o‘rniga alohida e’tibor beradi. Bolalar – jamoaning eng qimmatbaho durlari, chunki ular kelajak umidi va kafolatidir. Hamma ota-onalar va kattalar barcha bolalar oldida alohida mas’uliyatga ega. Bolalar – Ollohning jamiyatga bo‘lgan ishonchining nishonasi, ularning farovonligi va axloqiy rivojlanishi jamiyatning barcha a’zolarining umumiy tashvishidir.
Bolalar, o‘smirlar va kattalarga mo‘ljallangan dasturlar Bahoiy tamoyillariga asoslangan bo‘lib, axloqiy va ma’naviy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgandir. Ular, yosh avlodda odamlar o‘zining asl mohiyatida olijanob bo‘lib yaralganlari haqidagi tushunchani kuchaytirib, ularda atrof-olamga foydali hissa qo‘shish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu mashg‘ulotlarni xizmat yo‘lida boshqalarga rahnamolik va hamrohlik qilish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga intilgan har bir kishi olib borishi mumkin. O‘quv dasturining mazmuni ruhiy fazilatlarni rivojlantirish, shuningdek, oila va jamoa hayotida amalda qo‘llashga qaratilgan.
Shaxsiy rivojlanish va jamiyatning farovonligiga hissa qo‘shishdan iborat ikkitomonlama maqsaddan tashqari, jamoaning kollektiv hayoti, shuningdek, o‘z ichiga ma’naviy hayotni mustahkamlaydigan ibodat uchrashuvlarini muntazam ravishda o‘tkazishni, hamda bayramli va muqaddas kunlarda ishtirok etishni o‘z ichiga oladi. Bahoiy taqvimining har oyi 19 kunni o‘z ichiga oladigan 19 oydan iboratdir va har bir oy 19-kun Ayyomini nishonlash deb ataluvchi jamoa yig‘ilishidan boshlanadi. Ayyomda jamoa a’zolari birgalikda duo o‘qiydilar, umumiy ishlarni muhokama qiladilar va bir-birlari bilan suhbatda bo‘ladilar. Yil davomidagi Muqaddas sanalar to‘qqizta bo‘lib, bahoiylarga bu kunlarni ish va o‘qishdan holi tutish tavsiya etiladi.
Hazrati Bahoulloh va Ul Zotning Ahdi >
Bahoiy E’tiqodi vujudga kelishining asoslari va uning o‘ziga xos birligi manbai.
Muhim munosabatlar >
Shaxs, jamoa va muassasalar orasida insoniyat birdamligi tamoyilini o‘zida namoyon etuvchi munosabatlarni rivojlantirish