Shaxsning komillashuvi
“Shaxsning sharafi ham, farqi ham shundan iboratki, toki u, dunyo halqlari ichida ijtimoiy ezgulik manbai bo‘lsin… Komillikka intilishning ma’nosi, o‘zgalar uchun ilhom manbai bo‘lishda, toki ular ham komillika intilsinlar”
— Abdul-Baho



Bahoiy taʼlimotida inson, oʼz Yaratguvchisi bilan mistik aloqani, bilim va tushnchani izlashga qodir boʼlgan ruh sohibi boʼlgan botinan olijanob mavjudot sifatida tasvirlangan. Insonning maqsadi ikkitomonlamadir, ham ruhan rivojlanish va ham oʼz hayotini boshqalarga xizmat qilib kechirishda.
Har bir inson haqiqatni mustaqil ravishda izlashga masʼuldir. Bahoullohning taʼkidlashicha, biz bilim egallash va haqiqatni izlash jarayonida “boshqalarning aqli bilan emas, oʼz aqlimiz bilan, boshqalarning koʼzi bilan emas, oʼz koʼzimiz bilan koʼrish”imiz kerak. Barchamizda haqiqatni yolgʼondan ajrata olish qobiliyati bor.
Biroq, haqiqatni oʼrganish jarayonida biz boshqalarning yordamiga ham tayanamiz. Bahoullohning taʼlimotiga koʼra, taʼlim ijtimoiy mavqei va kelib chiqishidan qatʼiy nazar, hamma uchun ochiq boʼlishi kerak. Bilim inson hayotida markaziy ahamiyatga ega, u orqali biz yashash sharoitimizni yaxshilaymiz va jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʼshamiz. Biz ikki bilim tizimi – fan va din asosida taʼlim olamiz, birgalikda ular yagona voqeʼlikning turli jihatlarini tasvirlaydi.
Abdul-Baho aytadilarki, tafakkurga ega boʼlgan ruh “narsalarning asl mohiyatiga singish, butun mavjudotlarning xususiyatlarini anglash va borliq sirlarini ochishga qodirdir. Bor ilmlar, fanlar, sanʼat, moʼʼjizaviy yutuqlar, muassasalar, kashfiyotlar va korxonalar zakovatga ega boʼlgan ruhning intellektual qobiliyatidan foydalanishining natijasidir”. Ruhiy kuchlar ibodat, meditatsiya va atrofdagilarga fidokorona xizmat orqali mustahkamlanadi.
Ibodat va meditatsiya ruhimizni oziqlantiradi, ular bizga Yaratganning hayotimizda tutgan o‘rnini yaxshiroq anglashga yordam beradi. Bahoiy Bitiklarida asosiy haqiqatlar haqida mulohaza yuritishga undaydigan va bizni Olloh bilan yaqin munosabatlarga jalb qiladigan ko‘plab duolar mavjud. Bu duolar, shuningdek, qalbimizni Yaratganga qaratganimizda, bizni sukunatga sho‘ng‘ish va mulohaza yuritishga chaqiradi. Duolarni boshqalar bilan birgalikda ham o‘qiladi, ular odamlar o‘rtasida birdamlik rishtalarini mustahkamlab, insonga o‘z hayotining jamiyat hayoti bilan yaxlitning bir qismi sifatida chambarchas bog‘liqligini ko‘rishga yordam beradi.
Biroq, ruhiy hayot kechirish uchun, shunchaki duo o‘qishning o‘zi kifoya emasdir. Abdul-Baho shunday yozgan: “E’tiqod deganda, avvalo, ongli bilim, keyin esa, uning ezgu amallarda namoyon bo‘lishi tushuniladi”. Insoniy hayotimizning maqsadi, qachonki biz o‘zimiz ishongan narsalarga muvofiq ravishda yo‘l tutib, atrofdagi odamlarning hayotida faol ishtirok etsakkina amalga oshadi. Masalan, saxovatli bo‘lish uchun biz o‘z vaqtimiz va moddiy resurslarimizni berishimiz kerak. Kimdir adolatga ishonar bo‘lsa, faqatgina ko‘proq adolatga erishish kerakligini aytish etarli emas — u, haqiqatan ham sabr-toqat bilan adolatni barpo etishi va uning timsoli bo‘lishi kerak. Shunday qilib, shaxsning komillashuvi jarayoni, xoh uning o‘z oilasida, xoh jamiyatida va xoh kasbida bo‘lmasin, dunyo farovonligiga hissa qo‘shishdek sa’y-harakatlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ruh hayoti >
Abadiy ruh, hayot qismati va ruhiy fazilatlarni rivojlantirish.
Ibodatli hayot >
Xizmat va ibodatning bahoiy jamoasi hayotida yaxlitligi