«Sizni o‘rab turgan voqe’likni shakllantiruvchi shart-sharoitlar xilma-xilligining kengligiga qaramay, sizdagi konstruktiv o‘zgarishlarni amalga oshirish istagi va mazmunli xizmat qilish qobiliyati - har ikkovi, na irqu millat va na moddiy vositalarga bog‘liq bo‘lgan hayot bosqichining xususiyatidir. Siz o‘tayotgan yoshlikning mazkur yorqin davrini barcha boshidan kechiradi, ammo u qisqadir; va u ko‘psonli ijtimoiy kuchlar zarbasi ostidadir. Shuning uchun Hazrat Abdul-Baho so‘zlariga binoan, "hayot mevasini totganlar" safida bo‘lishga intilish naqadar muhim»

— Umumjahon Adolat Uyi

Bahoiy E’tiqodi tarixida yoshlarning tutgan o‘rni har doim muhim bo‘lib kelgan. Hazrati Bob atigi yigirma besh yoshlarida O‘z Zuhurlarini e’lon qildilar va Ul Zot izdoshlarining ko‘pchiligi ham Zuhurni qabul etganlarida juda yosh edilar. Hazrati Bahoulloh va Hazrati Abdul-Baho davrida Dinning yangi xabarini e’lon qilish va Uning ta’limotini boshqalar bilan bo‘lishishda sa’y-harakatning oldingi safini yoshlar egallagan edilar.

Mana shunday shaxslar va ular kabi boshqa g‘ayrioddiy shaxsiyatlar tomonidan bosilgan yo‘ldan bora turib, har bir avlodga mansub minglab yoshlar Hazrati Bahoullohning chaqirig‘iga javoban ko‘tarildilar. Bugungi kunda ularning sa’y-harakati Bahoiy E’tiqodining Rahbariyati bo‘lmish Umumjahon Adolat Uyi tomonidan  yo‘naltirilmoqdaki, U Bahoiy yoshlarini o‘zlarining yoshlikka xos g‘ayrati va intilishlariga tayanishga va shu tariqa ruhiy va moddiy sivilizatsiya taraqqiyotiga hal etuvchi hissa qo‘shishga rag‘batlantiradi.

Image

Umumjahon Adolat Uyi tomonidan ta’minlanayotgan rahnamolik va rag‘batning miqyosi, hamda bugungi kun Bahoiy yoshlarining unga nisbatan javobi o‘ta keng; bular  ilhomlantiradigan faoliyat turlari esa shu qadar xilma-xilki, ularning barini mazkur sahifada to‘liq ifodalab bo‘lmaydi. Shu sabab, mazkur mavzu to‘plamida bittagina misolga e’tibor qaratiladi: 2013 yilda dunyo bo‘ylab 114 joyda o‘tkazilgan qator yoshlar anjumanlari, o‘sha paytdan buyon,  hozirgacha kechayotgan kichik uchrashuvlar to‘lqinini yaratdi.

Siz Bahoiy Xalqaro Axborot Xizmati veb-saytining maxsus bo‘limida Umumjahon Adolat Uyining o‘n minglab yosh ishtirokchilarga yo‘llagan nomasini o‘qishingiz, "Insoniyatga xizmat" nomli bir qancha qisqa metrajli filmlarni tomosha qilishingiz va 2013 yildagi har bir anjuman hisoboti bilan tanishib chiqishingiz mumkin.