XX asr boshlarida Hazrati Abdul-Baho - Hazrati Bahoullohning to‘ng‘ich o‘g‘li -  Bahoiy E’tiqodining rahbari, ijtimoiy adolat kurashchisi va xalqaro tinchlik elchisi sifatida tanildi.

Hazrati Abdul-Baho (1844–1921)Hazrati Abdul-Baho (1844-1921)Birlikni O‘z ta’limotining negiz tamoyili deb hisoblar ekan, Hazrati Bahoulloh oldingi dinlarda din asoschisining o‘limidan keyin sodir bo‘lganidek, O‘z dinini mazhablarga bo‘linib ketmasligi uchun zaruriy shart-sharoitlarni joriy qildilar. O‘z Bitiklarida Hazrati Bahoulloh barchaga to‘ng‘ich o‘g‘illari Hazrati Abdul-Bahoga nafaqat Bahoiy Bitiklarining vakolatli sharhlovchisi, balki, E’tiqod ruhi va tamoyillarining mukammal timsoli sifatida murojaat etishni buyurdilar.

Hazrati Bahoulloh vafotidan so‘ng, Hazrati Abdul-Baho o‘z shaxsiyatiga xos kuchli sifatlari, bilimi va insoniyatga ko‘rsatgan xizmati orqali Hazrati Bahoulloh ta’limotining amaldagi yorqin namunasiga aylandi; hamda, dunyo bo‘ylab tezlik bilan rivojlanayotgan jamoalar nufuzining yuksalishiga sabab bo‘ldi.

Hazrati Abdul-Baho o‘z xizmatini Otalari keltirgan E’tiqodni oldinga surish, hamda, tinchlik va birdamlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga bag‘ishladi. Ul Zot mahalliy Bahoiy Muassasalari o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlab, ijtimoiy, iqtisodiy va ta’lim sohasidagi boshlang‘ich loyihalarni yo‘lga soldi. Hayotiy mahkumlik jazosidan ozod bo‘lgach, Hazrati Abdul-Baho Misr, Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlariga bir qator safarlarni amalga oshirdi. Butun hayoti davomida  dohiyona soddalik bilan pastu balandga barobar tarzda, Hazrati Bahoullohning jamiyat ma’naviy va ijtimoiy yangilanishiga oid ko‘rsatmalarini taqdim etdi.

Ul Zot bilan muomala qilgan har kimsa, insoniyat birligiga bo‘lgan ishonchida sodiq, qalb va fikrlarni o‘ziga jalb etguvchi, barcha narsadan voqif, maftunkor bir suhbat egasi bo‘lmish shaxsni ko‘rardi. —«Al-Mu’ayyad» (Al-Mu’ayyad) Ro‘znomasi, Misr, 16 oktyabr, 1910 yil

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/t71459/public_html/bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73