Umumjahon Adolat Uyi Bahoiy E’tiqodining xalqaro boshqaruv kengashi va Hazrati Bahoulloh Ahdining hozirgi kundagi markazi hisoblanadi. Hazrati Bahoulloh ushbu muassasa yaratilishini O‘z qonunlar kitobi Kitob-i-Aqdasda  buyurganlar. Umumjahon Adolat Uyi bu - to‘qqiz kishidan iborat bo‘lgan organ bo‘lib, har besh yilda barcha Bahoiy milliy kengashlari a’zolari tomonidan saylanadi. O‘z qonunlar kitobida, Hazrati Bahoulloh Umumjahon Adolat Uyiga insoniyat farovonligiga ijobiy hissa qo‘shish, ta’lim, tinchlik, global taraqqiyotni ildam surish, hamda, inson sha’nini va din mavqeini himoya qilishlikni buyurdi. Uning zimmasiga Bahoiy ta’limotini tobora rivojlanib borayotgan jamiyat talablariga mos ravishda tadbiq etish javobgarligi yuklatilgan, shu bois Ta’limotdagi  Muqaddas Matnlarda aniq yoritilmagan masalalar bo‘yicha qonunlarni nashr etishga vakolatlidir. 1963 yilda ilk bora saylanganidan buyon, Umumjahon Adolat Uyi Bahoiy jamoalarining gullab-yashnaydigan sivilizatsiyani yaratishda ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirish uchun yo‘naltirib kelmoqda. Umumjahon Adolat Uyi tavsiya etgan  ko‘rsatmalar, Bahoiy jamiyati Hazrati Bahoullohning umumjahon tinchlik haqidagi qarashlarini haqiqatga aylantirishni o‘rganar ekan, uning fikr va harakatlar birligini ta’minlaydi.

«Modomiki har bir kunning o‘z tashvishi va har bir tashvishning o‘ziga xos yechimi bor ekan, bunday amallarni Adolat Uyi Boshqaruvchilariga topshiramiz, toki ular davrning ehtiyoj va talablariga bionan harakat qilishsin». — Hazrati Bahoulloh
Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.