Olloh sifatlari har bir yaratilmishda zohirdir. “Tabiat, Parvardigorning irodasi va imkon olamidagi Uning jilvasi va zuhuridir - deb yozadilar Hazrati Bahoulloh U Ollohning “Yaratguvchi” ismining ifodasidir.

Sivilizatsiya taraqqiyotini qo‘llab- - quvvatlash uchun har doim moddiy resurslar zarur bo‘ladi. Hazrati  Abdul-Baho ta’kidlaydilarki,  insoniyat “tabiat laboratoriyasidan doim yangi va ajoyib narsalarni olaveradi”. Sivilizatsiya rivojlanishi uchun yerning tabiiy resurslaridan qay tariqa yaxshiroq foydalanish kerakligini o‘rganar ekanmiz, o‘z ta’minotimiz va boyliklarimiz manbasiga nisbatan ko‘rsatadigan munosabatimiz ongli bo‘lishi lozim.

Olloh sifatlari aksini tabiatda ko‘rar ekanmiz va ularni Uning irodasining ifodasi deb tushunar ekanmiz, tabiat olamiga chuqur ehtirom hissi bilan to‘lamiz. Buni tabiatga sajda qilish chaqirig‘i sifatida qabul qilish kerak emas. Insoniyat tabiat dunyosi tutqunligidan ozod bo‘lish qobiliyatiga ega. «toki inson tabiat asiri ekan, u o‘zini shafqatsiz hayvon kabi tutadi, chunki tabiat dunyosida omon qolish uchun kurash zaruratdir».Shunday bo‘lsa-da, tabiat dunyosi  inson oilasining barcha a’zolari uchun ilohiy omonatdir, zero ular kurrai zamindagi ulkan zahiralarni oqilona boshqarish masalasida javobgardirlar.

«Biz yurak tubidan o‘zgarishga muhtojmiz, barcha tushunchalarimizni qayta ko‘rib chiqib, faoliyatimizda yangi yo‘nalish olishimiz zarur. Agar, bashariyat ozodligini ta’minlash nazarimizga manzur bo‘lsa, unda insonning ichki hayoti ham va uni o‘rab turgan tashqi muhiti ham, har ikkalasi yangidan o‘zgargan holda shakllanishi lozim»
— Shavqi Afandi nomidan yozilgan maktubdan

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/t71459/public_html/bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73