Yo Rabb! Mening ruhimni shod va munazzah ayla.
Qalbimni pok ayla.
Quvvatimni nurlantir.
Barcha amallarimda Senga tavakkul qilgayman.
Sen mening Rabbonim va Panohimsan.
Men ortiq qaygʼurmayman va dilgir boʼlmayman,
Illo baxt va sururlarga toʼlgayman.
Xudoyim, endi men mashaqqat chekmayman va kulfatga taslim boʼlmayman.
Men turmush koʼngilsizliklariga oʼralashib qolmayman.
Xudoyim! Sen menga oʼzimdan koʼra yaqinroq doʼstsan.
Men oʼzimni Senga baxshida etgayman, yo Tangrim.

Hazrati Аbdul-Baho

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/t71459/public_html/bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73