Ilohim, Ilohim! Ushbu kanizang Senga ishonib, yuz burib, munojot aylab, unga O‘z Samoviy Lutfingni yog‘dirishingni, ruhiy sir-asroringni ochishingni va Ilohiyating yog‘dulari bilan yoritishingni so‘rab yolvormoqda.
Rabbim! Umr yo‘ldoshimning ko‘zlarini ko‘rar qil. Uning qalbini O‘z ilming nuri bilan shod ayla, idrokini O‘z yorqin Jamolingga jazb et, O‘z ayon yog‘dularing zuhuri ila ruhini yuksaltir.
Rabbim! Uning nigohi oldidan pardani ko‘tar, unga O‘z Saxovating barakotini to‘k, Muhabbating sharobi ila uni mast ayla, uni oyog‘i yerda turgan, ruhi esa yuksak samolarda chappor urgan farishtalaringdan biriga aylantir. Sening xalqing orasida Sening Donoliging nurini taratguvchi ravshan chiroqqa aylanishi uchun unga madad ber.
Darhaqiqat, Sen Aziz, Karim, Saxovatlisan.

Hazrati Abdul-Baho

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/t71459/public_html/bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73