Inqirozdan g'alabaga

uzphoto5260504063747927627

Ushbu falokatli kunlarda, odamlarning azob-uqubatlariga befarq bo‘lmagan har bir kishining xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda, turli aloqa vositalari orqali bir-birini qo‘llab-quvvatlashga va o‘z atrof-muhitiga yordam berishga harakat qilayotganini ko‘rish taskinlidir. Shuningdek biz o‘z fikrimizni qo‘shnilarimizga, ayniqsa, aholining zaif qatlamiga qanday qilib tasalli berish va qalblarida xalqimiz kutayotgan kelajakka umid tuyg‘usini uyg‘otish bilan band qilishimi mumkin.

Mamlakatda aholining zaif qatlamlariga yordam beradigan ko‘plab loyihalar ishga tushirildi, ammo, ushbu loyihalar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun, iloji boricha, “bevosita munosabatdan saqlanish" qoidasiga rioya qilish juda muhimdir.

Insoniyatning tabiatan bir butun organizm kabi yaxlit birligi tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda, bugungi davr talabi buni anglash, ya'ni, tanadagi bir joy og‘riqqa uchrasa, bu butun organizmga ta'sir etishi muayyandir.

Hukumatlar tomonidan aholini bir-biridan masofada tutish harakatlariga qaramay, mavjud dunyoviy chegaralarni kesib o‘tgan - yoshi, jinsi, dini, sinfi yoki millatidan qa'iy nazar, ikki yarim milliondan oshiq odamga yuqib, insoniyatni azobga solgan virusni tushunmoqchi bo‘lganda, biz fan va din o‘rtasidagi uyg‘unlik tamoyiliga asoslanamiz, zero, fan va din bir-birini to‘ldiruvchi ikki bilim tizimidir, ular orqali insoniyat atrofdagi dunyoni to‘laroq tushunadi va ularning yordamida sivilizasiya rivojlanadi.

Tashqi sharoitlar ta'siri ostida, biz fansiz din tez orada xurofot va ko‘r-ko‘rona taqlidga aylanishini, dinsiz fan esa, qqo‘pol materializm vositasiga aylanishini yanada ko‘proq anglaymiz.

Odamlar fikrini chalkashtiruvchi va sarosima, qo‘rquv, umidsizlik va xurofotlarni tarqatadigan noto‘g‘ri ma'lumot, turlicha "fitna nazariyalari", xurofotlar va yolg‘on qarashlar, faqat ilm-fan va dinning uyg‘unlikdagi likdagi kuchi bilan bartaraf qilinishi mumkin.

Dunyodagi ko‘plab qiyinchiliklar va o‘zimiz mansub bo‘lgan insoniyat oilasi duch kelayotgan azob-uqubatlardan xabardor bo‘lsak-da, ammo, dunyoning albatta farovonlikka erishishi haqidagi qarashimiz va bizni unga yetaklovchi jarayonlar haqidagi to‘g‘ri tushuncha, bizga odamlar tomonidan ko‘rsatilayotgan ijobiy urinishlarni ko‘rishga imkon bermoqda.

Biz ushbu konstruktiv tendensiyalarni izlaymiz va Umumjahon Adolat Uyining so‘zlarini eslab, integratsiyaning ijobiy kuchlariga qo‘shilishga harakat qilamiz:

“Fikru zikringiz har doim o‘zingiz mansub bo‘lgan jamoalaringiz, o‘zingiz yashayotgan jamiyatlaringiz, o‘zingiz aka-uka yoki opa-singil bo‘lgan butun odamzod oilasining ehtiyojlari bilan band bo‘lsin. Sizning eng sokin lahzalaringizda, duo va ibodatdan bo‘lak hech narsaning iloji bo‘lmaganda, biz sizni o‘z iltijolaringizda bizga qo‘shilishni so‘raymiz va iztiroblar yengillashishi uchun sidqidildan munojot aylashga taklif etamiz”.

 

O‘ZBEKISTON BAHOIYLAR HAMJAMIYATI

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.