Bahoiy Hamjamiyatining gender zo'ravonligi to'g'risidagi bayonoti

photo5215292326002405069

 

O'zbekiston Bahoiy Hamjamiyati ijtimoiy ofat turi bo’lgan gender zo'ravonligidan o’z xavotirini izhor etadi. Ushbu an’ananing xavfliligi shundan iboratki, ayollarga nisbatan zo'ravonlik shunchalik ildiz otishi mumkinki, bu ayniqsa oilada tabiiy holga aylanib qolishi mumkin. Bu jamiyatning rivojlanishi va gullab-yashnashiga ulkan zarar yetkazadigan surunkali kasallikning bir turi bo’lib, erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik tamoyilini tan olmaslikdan kelib chiqadi.

"... zo'ravonlikni yo'q qilish nafaqat qonunchilik va siyosatdagi o'zgarishlarni, balki madaniyat, munosabat va e'tiqod darajasida ham qayta ko'rib chiqishni talab qiladi. Bunday o'zgarishlar o'z-o'zidan tenglikka erishish emas, balki tan olinishi va qabul qilinishi kerak bo'lgan inson tabiatining ob'ektiv haqiqatiga asoslangan bo'lishi kerak ... Bizni inson qiladigan narsaning mohiyati na "erkak", na "ayol" emas. ... tenglik jismoniy yoki intellektual qobiliyatlar va resurslarni yoki ijtimoiy normalar to'plamini hisoblash bilan chegaralanmaydi. Bu inson jinsidan qat'iy nazar har bir shaxsga xos bo'lgan olijanoblikni aks ettiradi".1

Genderga asoslangan zo'ravonlikni butunlay bartaraf qilish uchun, biz jamiyat sifatida ushbu tamoyilning ma'naviy haqiqatini birgalikda tan olishimiz va o'zida mujassamlashimiz kerak. Bahoiy kitoblarida "ayollar va erkaklar Xudo oldida doimo teng bo'lib kelganlar"2, deb tasdiqlanadi. Bu har bir insonga berilgan qalbning mohiyatidan kelib chiqadigan asosiy ma'naviy haqiqatdir. Ruhning jinsi, millati va irqi yo'q, odamlarni faqat ma'naviy qobiliyat ajratib turadi. Na jismoniy kuch, na ilmiy bilim, na ijtimoiy mavqe yoki egallangan lavozim ma'naviy qobiliyatlarni anglatmaydi. Bularga muhabbat, sabr-toqat, fidoyilik, mehnatsevarlik, tushunish va boshqa ko'plab fazilatlar kiradi, ularni erkaklar ham, ayollar ham teng ravishda namoyon qila oladilar.

Jamiyatimizning gullab-yashnashi - bu jarayonda erkak va ayolning teng hissa qo'shishi bilan o'zaro bog'liq. "Insoniyat olami ikki qanotda parvoz qiladi: bir qanoti - erkaklar, ikkinchisi - ayollar. Qushning ikkala qanoti teng kuchli rivojlanmaguncha baland ucholmaydi va insoniyat haqiqiy yutuqlarning cho'qqisiga chiqa olmaydi. Ikkala qanot kuch bilan, xuddi shu huquqlar bilan teng bo'lganda insoniyatning parvozi juda yuqori va g'ayrioddiy bo'ladi»3

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik tamoyili jamiyatni ma'naviy va axloqiy jihatdan o'zgartirishni, jaholatga barham berish, ma'rifat va oqilona harakatlarni talab qiladi. Har qanday noroziliklar "tarafdor" yoki "qarshi" bular haqiqatan ham tub, barqaror va uzoq muddatli o'zgarishlarni keltirib chiqara olmaydi. Aksincha, ular antagonizmga olib kelishi mumkin, bu esa o'z navbatida gender tenglik va barqarorlikni o'rnatish sohasida keskinlashuvga olib keladi. Gender tengligi mezonlari hech qachon tashqi xususiyatlarni qo'llab-quvvatlashga va himoya qilishga intilmaydi. Bu savol yanada chuqurroqdir va ma'naviy voqelikni anglash sohasida va erkaklar va ayollar bir xil "loydan" yaratilganligi va Yaratguvchi oldida abadiy teng bo'lib qolishiga chuqur ishonish yotadi. Faqatgina ushbu ma'naviy haqiqatni qabul qilish va chuqur anglash bilan biz jamiyat sifatida o'zaro hurmat va qo'llab-quvvatlashga asoslangan dunyo qura olamiz.

 “Nima uchun sizlarni bir tuproqdan yaratganimizni bilurmisiz? Toki hеch kim o’zini boshqalardan ustun tutmasligi uchun. Qanday qilib yaratilganingizni har dam fikrlang”4.

 

O'zbekiston Bahoiy Hamjamiyati

www.bahai.uz

 

1 - Bahoiy Xalqaro Hamjamiyati, "Ayollar va qizlarga nisbatan zo'ravonlikni yo'q qilish yo'lida", Ayollarning ahvoli bo'yicha komissiyaning 57-sessiyasiga qo'shgan hissasi, Nyu-York, 2012 yil.
1, 2, 3, 4 - Bahoiy Bitiklaridan.
*Rasm - Toshkentdagi Bahoiy Markazida Navro'zni nishonlash

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.