17 oktyabr – Xalqaro Qashshoqlikni bartaraf etish kuni

idep2019

Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida har bir kishi o‘zining va oilasining salomatligi va farovonligini ta'minlash uchun adekvat darajada yashash standartiga haqli ekanligi e'lon qilingan. Bundan tashqari, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasiga binoan, Xalqaro paktlarda, qo‘rquv va ehtiyojmandlikdan ozodlikka har kim fuqarolik va siyosiy huquqlardan foydalanishi bilan bir qatorda, ham ijtimoiy va madaniy huquqlardan foydalansagina erishilishi mumkinligi tan olinadi. Shu munosabat bilan Xalqaro Bahoiy Hamjamiyati inson huquqlari va o‘ta qashshoqlik to‘g‘risida bir necha fikrlarni taqdim etishni istaydi.

Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tobora kuchayib borayotgan tengsizlik, dunyoviy muvozanatsizlikka jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. U hududiy va milliy mojarolarni, atrof-muhit buzilishini, jinoyatchilik va zo‘ravonlikni, hamda noqonuniy giyohvand moddalarni iste'mol qilishning ko‘payishini keltirib chiqaradi yoki kuchaytiradi. Haddan tashqari qashshoqlikning ushbu oqibatlari barcha shaxslarga va millatlarga ta'sir qiladi. Hammamiz yagona inson oilasining a'zolari ekanligimizni tobora anglay boshladik. Bir oila a'zosining azob-uqubatini hamma his qiladi va shu azob engillashguniga qadar oilaning biron bir a'zosi to‘liq baxtli yoki xotirjam bo‘lolmaydi. Ocharchilik va qashshoqlikka omadsizlik hissini tuymasdan qarashga qobiliyatli bo‘lgan odam juda kam.

Bahoiylarning o‘ta qashshoqlik muammosiga bo‘lgan yondoshuvi, iqtisodiy muammolarni faqat ruhiy tamoyillarni qo‘llash orqali hal qilish mumkin degan ishonchga asoslanadi. Ushbu yondashuv shuni ko‘rsatadiki, jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarini sozlash uchun avval inson xarakteri o‘zgarishi kerak. Toki insoniyat o‘z harakatlarida adolatni o‘z ochko‘zligini qondirishdan ustun qo‘ymas ekan va dunyo iqtisodiyotini mos ravishda qayta tiklamas ekan, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut yanada oshib boraveradi va barqaror iqtisodiy o‘sish, tinchlik va farovonlik, orzuligacha qolaveradi. Iqtisodiy muammolarni hal qilishda, odamzod tomonidan ruhiy rivojning o‘ta muhim hayotiy o‘rin egallashini his etishi, jumladan boylikka va imkoniyatlarga doxillikda hammabop tenglikni yaratish kerakligi, ishonchimiz komilki, o‘zgarishlarga yangi turtki beradi.

Yangi iqtisodiy tartibot faqat insoniyatning birligiga bo‘lgan qat'iy ishonchga asoslanishi mumkin. Bizning yagona inson oilasi degan ilk farazimizga tayanib, o‘ta qashshoqlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan munozaralarimiz mavjud  bo‘lgan iqtisodiy lug‘at doirasidan chetga chiqib, tez kengaymoqda. Ular tenglik va adolat tamoyillariga asoslangan global munosabatlar tizimining paydo bo‘lishini nazarga oladigan yanada kengroq kontekstni talab qilmoqdalar. 

Garchi u ko‘p jihatdan hozirgi tizimga o‘xshash bo‘lsa-da, Bahoiylar tasavvur qiladigan rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim muhim ajralib turuvchi farqlarga ega bo‘ladi.

Keling, haddan tashqari bo‘lgan ham boylikni va ham qashshoqlikni yo‘qotadigan, ammo farqlar mavjudligiga ijozat beradigan daromad taqsimotiga oid bahoiy qarashini misol qilib olaylik. Omma muhtoj bo‘lib turganda, bir hovuch shaxslar tomonidan haddan ziyod boyliknni yig‘ish, bahoiy ta'limotga ko‘ra, jabr va adolatsizlikdir. Shuning uchun mo‘'tadillik, bir nechta shaxslar tomonidan haddan tashqari boylik to‘planishiga to‘sqinlik qiladigan va ko‘pchilikning muhim ehtiyojlarini ta'minlaydigan qonun-qoidalar yordamida o‘rnatilishi kerak. 

Bahoiy Bitiklarida ko‘zda tutilishcha, jamoalar shunday rivojlanadiki, unda har bir a'zoning farovonligi butun jamiyatni tashvishga soladi. Bunday jamoaning markazida azobda qolganlarga yordam berish, kambag‘allarga rizq berish, musofirga boshpana berish, yaqinlaridan ayrilganlarga tasalli berish va johillarga ta'lim berish kabi xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy muassasalar joy oladi. 

Hazrati Bahoulloh nazarda tutgan Yangi Dunyoviy Tartibotda huquqlar majburiyatlardan ajralmaydi. Hayotning asosiy maqsadi sivilizasiya rivojiga hissa qo‘shishdir. Yaxshi faoliyat ko‘rsatuvchi jamiyatda bekorchilik va tilanchilik maqbul emas, holbuki xizmat ruhida bajarilgan ishning maqomi ibodatdek yuksakdir. Shunday qilib, mehnat qilish huquqi, jamiyatga hissa qo‘shish huquqi, ruhiy-ma'naviy darajaga o‘tadi va samaradorlik har kimga taalluqli ma'suliyat bo‘lib hisoblanadi. Mehnatga bo‘lgan bunday munosabat bahoiylarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga bo‘lgan yondashuviga katta ta'sir ko‘rsatadi. Jamoalar o‘z ehtiyojlarini aniqlashga va o‘z loyihalarini boshlashga rag‘batlantiriladiki, ularning aksariyati qashshoqlikni yengishga qaratilgandir. Mahalliy tashabbusga ega bo‘lgan bunday loyihalar, ko‘pincha Bahoiy Milliy yoki Xalqaro Institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.