Raqamli texnologiyalarning hududdagi madaniyatlararo munosabatlarda tutgan o‘rni va ta'siri

photo5375479268814991193

…sizning ijtimoiy farovonlikka qo‘shgan har bir hissangiz, so‘z yo amalda bo‘lmasin, avvalambor, sizning qarama-qarshi nazarlar to‘qnashadigan va atrofdagi ixtilofdagi xalqlar birlashishi mumkin bo‘lgan birdamlikning o‘sha bebaho nuqtasini aniqlashga bo‘lgan qat'iy sadoqatingizga bog‘liq.

Umumjahon adolat uyi

Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning umumiy tushuncha va yondashuvlari

Biz so‘z va ifoda erkinligi tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni umid va qiziqish bilan kuzatmoqdamiz. Ayniqsa, pandemiya paytida, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar raqamli sathga o‘tgan bir paytda, bizdan yangi qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, yangi voqe'likka moslashish, shuningdek raqamli texnologiyalarga bo‘lgan munosabatimizni qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Shu nuqtai nazardan, bizning oldimizdagi savol, qanday qilib tinchlik va birdamlikni o‘rnatish jarayonidagi o‘zaro munosabatlarning yangi sharoitida madaniyatlararo muloqotni uyg‘unlashtirishga erishishning mumkinligidir.

Ushbu jarayonlar jamiyatning barcha qatlamlari uchun mazmunli munozaralarda erkin ishtirok etishning keng imkoniyatlarini ochib berish bilan birga, ular jamoatchilikka taqdim etilayotgan axborotning va sifatli mazmunning(kontent) ob'ektivligi va ishonchliligi uchun mas'uliyatning o‘sishini ham anglatadi. Zamonaviy axborot muhiti, ayni bir vaqtning o‘zida “nazariyalar, standartlar va odatlarni” aks ettiradi va ularni shakllantiradi.

Ommaviy axborot vositalari tomonidan foydalaniladigan axborot-kommunikasiya texnologiyalarining(AKT) bizni o‘ylantirishi mumkin bo‘lgan sabablariga, bizning tinchlikka, ijtimoiy adolatga va barcha insonlarning gullab-yashnashi va farovonligi bilan bir qatorda ekologik barqarorlikka erishishdagi kollektiv intilishimizni oldinga surishda o‘ynaydigan roli kiradi.

Axborot muhitimizni o‘zgartirishga qaratilgan ta'lim va shaxsiy tahsilimiz ijtimoiy harakatlar uchun muhim maydon yaratadi. Aslida, ko‘plab ilg‘or ijtimoiy harakatlar, o‘z rivojida ommaviy axborot vositalari tomonidan qo‘llanilayotgan zamonaviy AKTni inobatga olmasdan muvaffaqiyatga erisha olmasligini tan olishmoqda. Axborot savodxonligi, axborotni mustaqil ravishda ishlab chiqarish va uning islohoti, ijtimoiy o‘zgarishlar umumiy strategiyasining muhim elementlariga aylanishi kerakligi bunday harakatlar tomonidan tobora ko‘proq anglanilmoqda.

Ta'sirchilarning roli (shu jumladan jurnalistlar, bloggerlar, jamoat rahbarlari) odamlar o‘rtasidagi muloqotni uyg‘unlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Ularning faoliyati yangiliklar va voqealarni keng jamoatchilikka taqdim etish bilan bog‘liq. Bu haqiqatni, asosiy element bo‘lgan faktlarni aniqlash jarayonidir. Bunda axloqiy jihat birinchi o‘rinni egallaydi. Haqiqatni etkazishda kompromissga uchraydigan gazeta, jurnal, radio, televidenie, veb-sayt, kanal va bloglar tez orada jamoatchilik ishonchini yo‘qotadi. Ammo, bugungi media axloqi har qachongidan ham ko‘proq tahdid ostida qolganga o‘xshaydi.

Bundan yuz yil muqaddam Bahoiy e'tiqodining asoschisi Hazrat Bahoulloh ommaviy axborot vositalari taqdim etadigan xizmatning muhim xususiyati haqida shunday deganlar: “Bu kunda zamin sirlari ochilib, ko‘z o‘ngimizda yaqqol namoyondir va tezlik bilan paydo bo‘layotgan gazeta sahifalari haqiqatan ham dunyo ko‘zgusidir; ular turli xalqlarning faoliyat va amallarini aks ettiradi; ularni tasvirlaydi va tinglashga undaydi. Gazetalar misoli eshituvchi, ko‘ruvchi va gapirguvchi ko‘zgudir; ular ajoyib hodisa va ulkan yutuqdir”.

Ul Zot yana shunday davom etadilar, “... yozuvchilar va muharrirlar xudbinlik va istak xurofotlaridan tozalanib, o‘zlarini adolat va xolislik namunalari bilan bezashlari kerak. Ular haqiqiy faktlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lish uchun va ularni yozma ravishda etqazish uchun voqe'likni iloji boricha ko‘proq tekshirishlari lozim”.

Ul Zot “yozuvchi va muharrirlarni” “xudbinlik va istak xurofotlaridan” ozod bo‘lishga undaydilar. Bunday standartlar taqdim etilgan ma'lumotlarning manipulyasiyasi orqali shaxsga sig‘inish va shuhratparastlik uchun joy qoldirmaydi. Shuningdek, u ob'ektivlik va adolatni ta'minlash uchun javobgarlikni yozuvchilar va muharrirlar zimmasiga yuklaydi. Shunday qilib, shaxsning to‘g‘riligi hayotiy muhim elementga aylanadi. Bu borada Hazrati Bahoulloh ta'kidlaydilar: “Rostgo‘ylik barcha insoniy fazilatlarning asosidir”.

Demak, biz adolat va tenglik, ishonchlilik va halollik kabi insoniy fazilatlarni “rostgo‘yliksiz” namoyish eta olmaymiz; “haqiqatparvar” bo‘lmasdan o‘zimizni inson deb atay olmaymiz; insoniyat sivilizasiyasini “haqiqat”siz rivojlantira olmaymiz. Bundan tashqari, Hazrati Bahoullohning “masalalarni iloji boricha chuqurroq o‘rganing” degan nasihatlari qisqa yo‘llar yo‘qligini anglatadi. Haqiqatni o‘rganish qiyin, bu sinchkovlik va halol mehnatni talab qiladi.

Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tahlil qilish.

  • Axloqiy qoidalari (etika)

1) Bugungi kunda ma'lumotlar shaxsiy fikrlar bilan birga taqdim etiladi. Ob'ektivlik, bu halollikning eng yuqori shakli, agar u ommaviy axborot vositalarida bo‘rttirilgan va xato ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu jaholatga olib keladiki, bugungi kunda jaholat jamiyatni qaerga olib borishi mumkinligi allaqachon aniq.

2) U yoki bu materialni yozganda jamoatchilik fikrini shakllantirishga ta'sir ko‘rsatadiganlar uchun niyat va motivning tozaligi juda muhimdir. Internetning ochiqligi va qulayligi jamiyatni ham salbiy, ham ijobiy sozlashi mumkin (bunga misollar ko‘p). Texnologiyalar bizning haqiqatimizning ajralmas qismiga aylandi va ushbu vosita qaysi qo‘llarda bo‘lishi juda muhim, shuning uchun ta'sir o‘tkazuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda aloqa axloqi(etikasi) mavzusini tobora ko‘proq ko‘tarishlari kerak.

  • Kontent yaratuvchilarning roli

3) Бугунги кундa жaмиятимиздa янгиликлaр вa вoқeaлaрни ёритишгa тaъсир кўрсатувчи қaрaмa-қaрши кучлaр фаолият юргизмоқда - бу дoлзaрблиги вa мaблaғлaрнинг қисқaриши билaн бoғлиқ бўлган ҳaддaн тaшқaри хавотирдир, бу журнaлистлaр вa янгиликлaр ишлaб чиқaрувчилaрнинг чуқур тaҳлил қилиш имкoниятлaрини чeклaйди. Xудди шу кучлaр улaрни ғaзaб вa ишончсизлик туйғуларини қўзғайдиган шoв-шувли вa саёз ҳикoялaрни ифодалашгa ундaйди. 

Шундай бўлсада, янгиликлар, мaқoлaлaр вa пoстлaр муaллифлaри ушбу тeндeнциялaрни яxши билишaди вa жaмиятгa тaъсир кўрсaтaдигaн мурaккaб oмиллaрни тaъкидлaб, ўзaрo мунoсaбaтлaрни ўрнaтишгa ёрдaм бeриб, янaдa чуқуррoқ ҳисoбoт бeришни xoҳлaшмоқда. Axир, журнaлистикaнинг aсoсий вaзифaлaридaн бири умумий мaнфaaт учун oбъeктив мaълумoтлaрни оммага етказишдан иборат бўлиши кeрaк.

4) Аудитoриянинг катта қисми жaмиятдa содир бўлaётгaн пaрчaлaниш вa дезинтеграция жaрaёнлaри, ҳамда умидсизлик ҳиссининг кучaйиб бoраётганлигига жaлб қилинмoқдa, яратиш вa интeгрaция жaрaёнлaри эса дeярли ёритилмaсдан вa муштарийларда қизиқиш уйғотмасдан қолмоқда. Шу сaбaбли, журнaлист ёки янгиликлaрни яратувчилар олдида турган вазифа, бир тoмoндaн шoу-томоша уюштириш вa ҳукм чиқaриш, иккинчидaн умид уйғoтaдигaн ишoнчли мaълумoтлaрни тақдим этиш орасидаги тaнлoвдан иборатдир.

5) Oммaвий axбoрoт вoситaлaри вa axбoрoт тexнoлoгиялaри жaмият томонидан реалликнинг қaндaй кўриниши вa идрoк этилишигa тaъсир қилaди. Авваламбор, oммaвий axбoрoт вoситaлaри соҳаси xoдимлaрини бoшқaрадигaн axлoқий қaдриятлaр муҳoкaмa қилиниши керак, ҳамда улaрнинг жaмият рaвнaқи учун жaвoбгaрлиги доирасини аниқлашга кaттa aҳaмият бeришдир.

  • Kontent

6) So‘z erkinligi yangi bosqichga ko‘tarildi, ammo mazmunning sifati hali ham yaxshilanishga muhtoj.

7) So‘z erkinligi – hamma narsaga ruxsat berildi va “nafrat bilan gapirish” mumkin degani emas. Mualliflar, hamda yangilik yaratuvchilar, qolaversa, axborotiy jamiyatning o‘zi ham ziddiyat va adovat ruhi bilan sug‘orilgan mazmunni yaratishi, ishlatishi va tarqatishga moyilligi haqidagi savolni o‘rtaga olish juda muhimdir.

8) Axborot ko‘pincha yarim haqiqatlar bilan aralashganida - yolg‘on qaerda va haqiqat qaerda ekanligini tushunish juda qiyin.

9) Internetda keng tarqaladigan ma'lumotlarning hammasi ham jamiyat uchun katta ahamiyatga ega emas. Jamiyat taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan masalalarni qanday ko‘tarish kerakligini o‘rganish kerak. Media va texnologiyalar odamlarga bizning sivilizasiyamizni qurishga va rivojlantirishiga yordam berishi kerak. Biz ulardan to‘g‘ri foydalanish, hamda ularning mas'uliyati to‘g‘risida gaplashishimiz kerak.

10) Obunachilarning ko‘pligi ham, u yoki bu ma'lumotlarning katta qamrovi ham sifatli mazmun uchun mezon emas. Afsuski, ijtimoiy tarmoqlar va kanallar/guruhlarda keng auditoriya e'tiborini eng muhim narsalardan chalg‘itadigan qisqa muddatli va ahamiyatsiz voqealarni ko‘tarish tendensiyasi mavjud.

Bu ommaboplikni oshirish yoki jamoatchilik e'tiborini muhimroq masalalar va muammolardan chalg‘itish maqsadida amalga oshiriladi. Boshqa tomondan, “ishonuvchan” mushtariylarning asosiy qismi voqealar va jarayonlarni yuzaki kuzatib, ularga munosabat bildiradi, soddalashtirilgan javoblar bilan kifoyalanadi yoki hayotiy va konstruktiv echimlarni izlash o‘rniga aybdorlarni qidiradi.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/u82801/public_html/bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73