2025 yil 15 yanvar
Toshkentda Toshkent shahridagi Bahoyilar jamoasi tomonidan tashkil etilgan “Dinning dunyoviy davlatda tutgan o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir, turli diniy konfessiyalarni, ekspertlar hamjamiyatini va davlat tuzilmalari vakillarini yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi kontekstida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi diniy tashkilotlarning rolini muhokama qilish uchun jamladi.
“Zamonaviy O‘zbekistonda jamiyatni modernizatsiya qilish va demokratik institutlarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda,” va “Diniy tashkilotlar davlatning dunyoviy xarakteri doirasida jamiyat rivojiga qanday hissa qo‘shishi mumkinligi masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.” deya ta’kidladi O‘zbekiston Bahoyilari jamoatchilik bilan aloqalar Idorasi a’zosi Farrux Rasulov o‘z kirish so‘zida.
Muhokama davomida ekspertlar Eldor Asanov va Ravshan Nazarov dunyoviylik tushunchasini zamonaviy sharoitda qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladilar va boshqa dunyoviy davlatlar tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, davlat hozirgi paytda o‘zini asosan, jamiyatdagi qandaydir harakatlar nizo va beqarorlikka olib kelmasligi uchun barcha jamoalar faoliyatini qonun doirasida nazorat qiluvchi va diniy jamiyat o‘rtasida hakam sifatida ko‘radi.
“Diniy masalalar hamma joyda” alohida ta’sirli masala sifatida ko‘rib chiqilmoqda, chunki bugungi kunda dunyoda barqarorlikning kuchayib borayotganini ko‘rib turibmiz,” – dedi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili Rasul Xo‘jayev.
Davra suhbatida zamonaviy jamiyatda identifikatsiya inqirozini bartaraf etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. “Zamonaviy bo‘linishlar zamirida odamlar o‘zlarini va dunyodagi o‘z o‘rinlarini qanday tushunishlari yotadi,” – dedi Bahoyi jamoasi a’zosi Tatyana Klemёnova. “Kichik guruh o‘ziga xosliklari ko‘pincha “begona” deb qabul qilinganlar bilan qarama-qarshilik uchun asos yaratadi.”
Buning muqobili sifatida insoniyatning birligini e’tirof etish hamda har bir insonning ruhiy tabiati, o‘zgalarga yaxshilik, mehr-muhabbatni o‘z ichiga oladigan, jamiyatga xizmat qilishi va uning farovonligi uchun ishlashi mumkin bo‘lgan ruhiy o‘ziga xosligi asosida keng insoniy o‘ziga xoslikni tushunishni rivojlantirish taklif etiladi.
Diniy konfessiyalar vakillari jamiyatda madaniy, axloqiy va ruhiy tamoyillarni tiklash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, axloqiy va ruhiy tarbiyani mustahkamlash, mahallalarda ekologiya, madaniyat va boshqa masalalarni hal etishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar zarurligi haqida so‘z yuritdilar.
“Aksariyat dinlar ruhiy qadriyatlarga insonning ichki rivojlanishi va uning ilohiy ibtido bilan aloqasiga bog‘liq universal tamoyillar sifatida qaraydilar,” – deb ta’kidladi Farrux Rasulov, – “Bu tamoyillarga Allohga va qo‘shnilarga muhabbat, boshqalarga beg‘araz xizmat qilish, haqiqatga intilish va hayotning ma’nosini izlash kabilar kiradi.”
Ettinchi Kunlik Adventistlar Cherkovining vakili Andrey Ten umumiy qadriyatlarning muhimligini ta’kidlab: “Agar odamlar umumiy qadriyatlarga ega bo‘lsa, unda bu ularning barchasini birlashtiradigan birinchi lahza bo‘ladi. Umumiy qadriyatlarni tushunish odamlar, masalan, mehribonlikni ifoda etganda amalda namoyon bo‘ladi,” dedi.
Krishna Ongi Jamiyatining vakili Marat Xaybrahmanov: “… jamiyatda odob madaniyati va axloqiy tamoyillar yo‘qolib bormoqda. Bu tamoyillarning barchasi oilada tarbiya qilinadi va keyin jamiyatda aks etadi. Ushbu ruhiy-axloqiy tamoyillarni jamiyatda qanday targ‘ib qilishimiz mumkin?”
To‘liq Injil Xristianlari Markazi rahbari Sergey Ternovaning ta’kidlashicha: “… barchamiz bugungi O‘zbekiston fuqarosi qanday bo‘lishi kerakligi haqida umumiy (narrativ) hikoya yaratishimiz kerak. Bu uchun biz qaysi umumiy tamoyillarga, ideal va qadriyatlarga, e’tiqodlar va etukliklarga ega bo‘lishimiz kerakligini tushunishimiz zarur…”
Jurnalist, NNT direktori Gulnora Bobojonovaning ta’kidlashicha: “Juda muhim tamoyil – bu bag‘rikenglikdir. Insonlarning turli guruhlari o‘rtasida yaxshi munosabatlarni saqlab qolish uchun uni jamiyatda faol rivojlantirish kerak…”
So‘zga chiqqanlar birlashgan jamiyat qurish borasidagi sa’y-harakatlarda davlatning o‘rni va aholi qatlamlari o‘rtasida diniy jamoalar hayoti va faoliyatiga oid ma’rifiy ishlarda yaqindan hamkorlik qilish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, yoshlar va bolalarning ongi va kayfiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadigan virtual/onlayn muhitni keng o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir tashkilotchilari ushbu tadbir umuminsoniy ruhiy tamoyillar haqida bunday darajada suhbatlashish borasidagi birinchi urinish ekanligini ta’kidladilar.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan dinlararo muloqotni va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda diniy tashkilotlarning rolini kuchaytirish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqildi.
Ular orasida quyidagilar bor:
✅ Ma’naviy-axloqiy me’yorlarni tarbiyalash va jamiyatda yuksak axloqiy tamoyillar, etika va madaniyatni shakllantirishga ko‘maklashish;
✅ Har qanday xavfli xurofotlar va stereotiplarni (etnik, irqiy, milliy, gender, sinfiy) bartaraf etish;
✅ Yoshlarning, ayniqsa, qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi va mas’uliyatni his qilishi uchun sharoit yaratish;
✅ Tor millatchilikdan chiqib, butun insoniyat birligi konsepsiyasiga mos vatanparvarlikni ilgari surish;
✅ Odamlarda oila, do‘stlar, vatandoshlar va umuman insoniyatga xizmat qilish g‘oyasini rivojlantirish.






