
2025 yil 12 mart kuni Toshkentda Bahoiylar jamoasi tomonidan tashkil etilgan “Vijdon erkinligini ta’minlash va din sohasidagi siyosat kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi yangi qonunni qabul qilinishi munosabati bilan “Ayollar va erkaklarning teng huquqliligi – oila va jamiyatda uyg’un munosabatlar hamda farovonlikka erishishning asosi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbirda turli diniy konfessiyalar vakillari, ekspertlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda ruhiy-axloqiy va dunyoviy tamoyillar, ularning erkaklar va ayollar o’rtasidagi asl tenglikni ilgari surishdagi roli muhokama qilindi.
Oila tenglikning poydevori
Davra suhbati ishtirokchilari jamiyatda haqiqiy tenglikning poydevori, uning barcha a’zolari o’rtasida adolatli munosabatlarga asos solinadigan oila ekanligini ta’kidladilar.

O’zbekiston Musulmonlari Idorasi vakili Ibroximjon Inomov shunday dedilar:
“Tenglik, adolat, insonning olijanobligi va uning qadr-qimmati haqidagi ilk tasavvurlar asosan oilada shakllanadi. Aynan oilada tenglik poydevori, adolatli va jamlangan jamiyatning poydevori qo’yiladi.”

Feruza Abijanova, O’zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi:
“Oilada eng muhimi yetakchilik emas, o’zaro hurmat va manfaatlar uyg’unligidir. Kimki o’z xohishini birinchi o’ringa qo’ysa, oila buzilib ketishi mumkin.”

“Mehr” protestant cherkovidan Alla Lyutova
“…ayollar va erkaklarning teng huquqliligi uyg’un munosabatlar va farovonlikka erishish uchun asosdir. Uyg’unlik rollarni hurmat qilishda: ayol erkakning rollari va vazifalarini hurmat qilishi kerak, erkak esa ayolning rollari va vazifalarini hurmat qilishi kerak.”

7-kunlik adventistlar cherkovi vakili Yuliya Bagautdinova ta’kidladi:
“Oila-bu turmush o’rtoqlar bir-birini to’ldiradigan jamoa. Turmush o’rtoqlar—bu oilaviy ‘aravani’ birga tortadigan ‘hamjabduqlilardir’. Munosabatlarda o’zaro hurmat va muhabbat bo’lishi kerak.”
Kuch va hokimiyat tushunchasini qayta ko’rib chiqish
Tenglik kontekstida hokimiyat tushunchasini qayta ko’rib chiqish muhim muhokamalar mavzusi bo’ldi. Ishtirokchilarning fikriga ko’ra, hukm yuritishning mohiyatini va uni ishlatishni to’g’ri tushunmasdan turub haqiqiy tenglik bo’lishi mumkin emas.

Bahoiylar jamoasining jamoatchilik bilan aloqalar Idorasi a’zosi Farrux Rasulov shunday dedi:
“Hokimiyat tushunchasi juda qiziq, chunki uni turli prizmalar orqali ko’rish mumkin. Hokimiyatga ega bo’lganlar ko’pincha o’z kuchlaridan ustivorlik qilish, manipulyatsiya qilish, muammolarni yolg’iz hal qilish, zo’ravonlik ishlatish, boshqalar bilan maslahatlashmaslik va xudbinmaqsadlarga intilish uchun foydalanadil.”… “Agar hokimiyatga dominant ustivorlik emas yaratuvchi kuch sifatida qaralsa, oilada qanday qadriyatlarni tarbiyalash mumkin?” – deb so’radi Farrux va “oiladagi asosiy qadriyat va tamoyillardan biri maslahatlashuv bo’lishi kerakligini” ta’kidladi.

Sergey Ternovoy, O’zbekiston Bibliya jamiyati raisi:
“Kuchli erkaklar yoki ayollarning mas’uliyati shundaki, ular endi Xudo ularga bergan, kuch, moliya, ko’nikma, kasb, ijtimoiy mavqeni qanday qo’llashidadir. Ular zaiflarga g’amxo’rlik qiladimi yoki zaiflarga zulm qiladimi?”… “Xudoningtursati va o’xshashligi-bu erkak yoki ayol emas, balki erkak va ayol birgalikda. Aynan shunday qo’shilishda biz Xudoni yerda aks ettira olamiz,” deya qo’shimcha qildi u.
Qizlar ta’limi va xotin-qizlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish
Ishtirokchilar qizlar ta’limi va jamiyatda ayollarning salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Bahoiylar jamoasining Mahalliy Ruhiy Majlisi kotibi Zamira Qodirova:
“Bahoiylar ta’limotida ta’lim olish qizlar uchun ham, o’g’il bolalar uchun ham birdek imkon berilishi kerakligi aytilgan. Ammo oilada faqat bitta farzandga ta’lim berish imkoniyati bo’lsa… unda qiz bolaga ustunlik berilishi kerak. Chunki qiz bola – bo’lajak ona, o’z farzandlarining birinchi tarbiyachisi, kelgui avlodning tarbiyachisidir.”… “Ayol o’z salohiyatini erkak bilan teng darajada ro’yobga chiqara bilishi kerak. U o’zini va o’z qobiliyatlarini namoyon eta olishi kerak. Uning salohiyati idish yuvish va ovqat pishirish yoki boshqa uy yumushlari bilan cheklanib qolmaydi. Agar u jamiyatga o’qituvchilik yoki boshqa kasbni egallashni orqali jamiyatga xizmat qilishni istasa, unga bu imkoniyatni berish kerak”, – deya ta’kidladilar Zamira.

O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Farida Yuldashevna davlatning bu boradagi sa’y-harakatlarini yani
“Qabul qilingan qonun va qarorlar natijasida ilgari boshqaruv tizimida xotin-qizlar ulushi 20 foiz bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda yaratilgan sharoitlar natijasida bu ko’rsatkich 35% etganini. Qonunchilik palatasida deputatlarning 38% va senatorlarning 25% ayollar” ekanligini e’tirof etdilar.

“Nemolchi.uz” loyihasi koordinatori Nigina Xudaybergenova hamon saqlanib qolayotgan muammolarga e’tibor qaratib:
“Mehnatga haq to’lashda sezilarli tafovut mavjud: bir xil lavozimlardagi ayollar va erkaklar turlicha haq to’lash davom etmoqda, bu ayollar uchun erkaklarnikiga nisbatan o’rtacha 60 foizni tashkil etadi,” dedilar.
Oilada maslahatshtuv tamoyili
Ko’pgina ishtirokchilar oilaviy maslahat tamoyilining haqiqiy tenglik va munosabatlarning uyg’un rivojlanishi uchun asos sifatida muhimligini ta’kidladilar.

Zamira Qodirova: “Men uchun sog’lom oila, avvalo, oilada kengashuv va muhokama bo’lgan oiladir. Birgalikda qaror qabul qilish sog’lom oilaning poydevoridir.”…”Kengashish bo’lgan paytda, oilaning barcha a’zolari – farzandlar, katta avlod vakillari, bobo-buvilar, kelinlar, er-xotin yig’ilib, hammaning fikrini inobatga olgan holda qaror qabul qilinadi,” – deya ta’kidladi ular.

Farrux Rasulov “Er-xotin bir bo’lishganda, ular haqiqatga turli nuqtai nazardan qarashadi va voqelikni yangitdan tushuna bilishadi, va shunga asoslanib qaror qabul qilinadi. Ana shunda oilada totuvlikka erishish mumkin,” deya qo’shimcha qildi.

Bahoiy jamoasidan, “Zarqo’rg’on” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash faoli Shukriya Grafova ayollar bilan ishlash bo’yicha amaliy tajribasi bilan o’rtoqlashib:
“uchrashuvlarimizda ruhiy mavzularni, masalan: oiladagi adolat nima, oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni qanday qilib halollik asosida qurish mumkin, ishonch va hurmat, kimlarnidir doimo g’iybat qilish odatidan qanday voz kechish kerakligini muhokama qilamiz,” dedilar.
Insonning tabiatan ruhiyligi
Muhokama ishtirokchilari insonning tabiatan ruhiyligi haqidagi chuqur falsafiy mavzuga to’xtalib, ruhning jinsi, irqi va millati yo’qligini ta’kidladilar.
Zamira Qodirova: “Ruh jinsga ega emas. Barchamizda iste’dod va salohiyat bor. Erkaklar o’z salohiyatini to’liq rivojlantiradi, o’z xohishiga ko’ra kasb tanlaydi. Nima uchun ayollar uchun cheklovlar mavjud?”

Krishnani Anglash Jamiyati xodimi Igor Zokirov shunday ta’kidlaydilar:
“Xudo oldida barchamiz tengmiz. Biz hammamiz Xudoningerdagi zarrachalarimiz.”
Farrux Rasulov yana shunday ta’kidladi:
“Teng huquqlilik – bu har bir inson, har bir qalbning eshitilish, tushunilish huquqiga ega bo’lishi, o’z salohiyatini, iste’dodini rivojlantirish va shu orqali jamiyatga foydali bo’lish imkoniyatiga ega bo’lishidir. Kishi jamiyatga ozmi-ko’pmi foydasi tegayotganini sezsa, o’z vazifasini anglab etadi, jamiyatni yaxshilashga qandaydir foydali hissa qo’shganidan ichki dunyosi shodlanadi.”
Teng huquqlilik masalalarini yoritishda OAVning o’rni
Davra suhbati ishtirokchilari xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi masalalari bo’yicha jamoatchilik fikrini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining roliga alohida e’tibor qaratdilar.

Anhor.uz bosh muharriri Lola Islomova xavotirli statistika bilan o’rtoqlashdilar:
“Gender tengligi – bu avvalo imkoniyatlar. Ko’rib chiqilgan 50 ta OAVdan atigi 5 tasida bosh muharrir ayollardir…Jamiyatda ijtimoiy muhim mavzular – ayollar, bolalar muammolari, ijtimoiy masalalar an’anaviy ravishda ayollarga yaqinroq bo’lib, ayol jurnalistlar bunday masalalarni yoritishga ko’proq intiladilar. Ommaviy axborot vositalarining atigi 10 foizini ayollar boshqaruvida bo’lsa, bu axborot makonining tematik to’ldirilishiga ta’sir qilmay qolmaydi.”

Milliy Mass-media Fondi direktori Jahongir Azimov muammolarni ochiq yoritishning ahamiyatini quyidagicha izohladi:
“Jurnalistlar qo’rqinchli holat rasmlarini ko’rsatish orqali ‘qo’rqinchli O’zbekiston’ni namoyish etmaydilar. Aslida, jurnalistlar jamiyatda muammolar bo’lmasligi uchun ularni hal qilishga yordam berishadi”…”Ommaviy axborot vositalarining, boshqa har qanday sanoat kabi, o’ziga xos, aytaylik, fundamental tamoyillari bor. Bu tamoyillar haqiqatni aytish huquqiga ega ekanligimizga asoslanadi”… “Biz jamiyatga bera oladigan narsa, birinchi navbatda, tanlov huquqidir: gapirish yoki gapirmaslikni tanlash huquqi; u yoki bu dinni qabul qilish; u yoki bu falsafaga amal qilish. Aynan tanlov huquqi bizning jamiyatga ma’lum bir mafkurani yoki tanlov erkinligini olib kirayotganimizni belgilaydi.” …”Aynan tanlov huquqi biz jamiyatga ma’lum bir mafkurani yoki tanlov erkinligini olib borayotganimizni belgilaydi.” “Bir tomondan, bizning jamiyatimizda ayollarning ilg’or g’oyalar tashuvchisi bo’lish huquqini, jamiyatda erkaklar bilan teng ishtirok etish huquqini himoya qilish zarurati mavjud. Boshqa tomondan, ayolning uyini, ro’zg’orini asrash tanlovi. Bugun bu yerda aytib o’tilganidek, bu ham tanlovdir.”

“Nemolchi.uz” loyihasi koordinatori Nigina Xudaybergenova OAVda yoritishning axloqiy jihatiga alohida urg‘u berdi:
“Ikki tomonlama aloqa mavjud: madaniyat tafakkurni shakllantiradi, tafakkur esa o’z navbatida madaniyatni shakllantiradi. Shuning uchun media sohasida, ayniqsa, televidenieningtijoriy tabiatini hisobga olgan holda tartibga solinishi zarur.”

“Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish Markazi” NNT xodimi Darya Osmanova zamonaviy yondashuvlarning muhimligini ta’kidlab:
“Zamonaviy texnologiyalar va media – bu yoshlar dunyosi. Yoshlarni analog olamga olib chiqib, unda yashashga majburlab bo’lmaydi. Ular uchun qiziqarli bo’lgan kontentni yaratish va raqamli makondagi ular ‘yashaydigan’ joyga joylashtirish kerak,” dedi. Shuningdek, u: “Har bir auditoriya uchun o’z tili kerak. Zamonaviy media texnologiyalari o’z auditoriyasini qaerda bo’lsa, o’sha yerda topib, ular tushunadigan tilda gaplashish imkonini beradi,” deb ham ta’kidladilar.
Jurnalist va media-trener Nozima Toshpo’latova mutaxassislar malakasi muammosini ko’tardi:
“Jurnalistlar uchun din mavzusida treninglar o’tkazish jarayonida ko’plab muammolar yuzaga keldi, ulardan biri OAV vakillarining diniy bilimga ega emasligidir. Din haqida yozadigan ba’zi jurnalistlar faqat o’z fiklariga tayanib, tekshirilmagan ma’lumotlarni chop qiladilar.”

“Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi” NNT rahbari, media-mutaxassis Gulnora Bobojanova ta’limning muhimligini ta’kidladilar:
“Biz haqiqatan ham jurnalistlarni tayyorlashdan boshlashimiz kerak, chunki bu butun boshli muammo. Katta yoshdagi jurnalistlar ushbu ruhiy-axloqiy tamoyillar va qadriyatlarni tinglovchilarga yetkaza olishi, ushbu mavzularni yoritish uchun ijodiy formatlar va yondashuvlarni topishi, tinglovchilarda qiziqishini uyg’otishi zarur.”
Amaliy tashabbuslar va tavsiyalar
Davra suhbati ishtirokchilari teng huquqlilikni targ’ib qilish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan amaliy tashabbuslar tajribasi bilan o’rtoqlashdilar.

Shukriya Grafova ayollar “gap”larini yaratish haqida gaprib berdi:
“Biz qo’shnilar bilan mazmunani ruhiy bo’lgan ayollar ‘gap’ini tashkil etishga qaror qildik. Bu muhokama qilishning ko’rinishlari bo’lgan dastur. Biz haftada bir marta, har safar boshqa-boshqa ishtirokchi ayollarning uyida yig’ilamiz.”
Zamira Qodirovani, amaliy qadamlar ko’roq qiziqtiradi va tenglik tamoyilini ilgari surishda o’g’il bolalar va erkaklarning rolini ko’taradi:
“O’g’il bolalarni ham, yosh yigitlarni ham ma’rifatli qilib, turmush qurishga tayyorlash kerak, deb o’ylayman. Ularga faqatgina erkak pul topishi, xotin esa ro’zg’orda qulaylik yaratishi kerakligini singdirishni o’zidan o’laroq, turiush o’rtog’iga qanday munosabatda bo’lishni ham o’rgatish kerak. Ular rafiqalari va qizlariga o’z salohiyatlarini ro’yobga chiqarishda yordam berishlari kerak.”

“Nihol” NNT vakili Shirin Rashidova oilalar bilan ishlash tajribasi bilan o’rtoqlashdilar:
“Yaqindagina bizda oiladagi zo’ravonlik xavfi yuqori bo’lgan oilalar bilan ishlash bo’yicha loyiha bo’lib o’tdi. Biz butun oila bilan — qaynota, qaynona, er, xotin, kelinlar bilan ishladik. Bizda ma’lumot berish sessiyalari bo’lib o’tdi, bunda tinglash qobiyati, muloqot qobiliyati, nizolarni hal qilish, ishonch nima ekanligi kabi mavzularni muhokama qildik.”

Nodira Zikrillayeva farzand tarbiyasidagi shaxsiy tajribasi bilan o’rtoqlashdilar:
“Menda, kuniga yarim soat vaqtni har bir bolaga alohida ajratish qoidasi bor. Biz o’tirib suhbatlashamiz – muammolarni, ishlarni muhokama qilamiz. Yoki hammamiz birga yig’ilamiz, lekin albatta o’tirib gaplashamiz. Bu kundalik odatimiz.”
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan oila va jamiyatda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini targ’ib qilish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyat hayotining barcha sohalarida to’laqonli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qator tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o’tkazish, muhokama qilinadigan masalalar doirasini kengaytirish va yangi ishtirokchilarni jalb qilish istagi bildirildi.