Skip to content Skip to footer

“Ekstremizm va terrorizm tahdidlarining oldini olishda Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining oʻrni” mavzuidagi xalqaro davra suhbati

Oʻzbekiston Bahoiylari Jamoatchilik bilan Aloqalar qoʻmitasi vakillari Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT) loyihasining Oʻzbekistondagi koordinatori bilan birgalikda “Oʻzbekiston jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi” NNT tomonidan tashkil etilgan “Ekstremizm va terrorizm tahdidlarining oldini olishda Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining oʻrni” mavzuidagi xalqaro davra suhbatida ishtirok etdi.

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston ekspertlari radikalizm, ekstremizm va terrorizm tahdidlarining oldini olish boʻyicha davlat organlari, diniy birlashmalar vakillari, ekspertlar, jurnalistlar, shuningdek, yoshlar ishtirokida treninglar oʻtkazish, maydonchalar, munozara klublari va telekoʻrsatuvlar tashkil etish boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Uchrashuvda radikalizm gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan aholining eng zaif qatlami yoshlar ekani qayd etildi. Shu munosabat bilan barcha nodavlat notijorat tashkilotlari va ekspertlar kelgusi yilda yoshlar bilan ishlash muhimligini taʼkidladilar. Ushbu ishning yana bir muhim yoʻnalishi jamiyatda radikalizm va ekstremizmning oldini olish uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali kontent tarkibni (muqobil qissalar) yaratish va tarqatishdir. Ishtirokchilar diniy erkinlik gʻoyalarini, jamiyatda din mavzusini sifatli yoritishda jurnalistlarning oʻrni, tanqidiy fikrlashni shakllantirishning ahamiyati, jurnalistlar va fuqarolik jamiyati oʻrtasida media savodxonligini oshirish, universitetlar va litseylarning oʻqituvchilari va taʼlim beruvchilarini tayyorlashga qaratilgan loyihalar bilan oʻrtoqlashdilar.

Bundan tashqari, ishtirokchilar bolalar va ayollarga nisbatan oiladagi zoʻravonlik rivojlangan joyda jamiyat yanada radikal va ekstremistik gʻoyalarga moyil ekanligini taʼkidladilar.

Davra suhbati davomida Bahoiy vakillari ishtirokchilar bilan birgalikda radikal gʻoyalar va aqidaparastlik gullab-yashnashi va fuqarolik jamiyatida ildiz otishi mumkin boʻlgan asosiy tamoyillarni aniqladilar va aks ettirdilar. Ular qatorida haqiqatni mustaqil oʻrganish, insoniyatning birligi va uning xilma-xilligi, dinning birligi, ayollar va erkaklar tengligi, maslahatshuv, inson tabiatan olijanobligi tamoyillaridir. Shuningdek, koʻpincha jaholat va xurofot natijasida yuzaga keladigan radikalizm va ekstremizm taʼsirini kamaytirish maqsadida ushbu tamoyillarni targʻib qilishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun ushbu mavzu boʻyicha Oʻzbekiston Bahoiy Hamjamiyatining yuqoridagi bayonotiga qarang.

Siz bilan muloqat qilishdan mamnunmiz
Manzil

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Boyqorg’on MFY, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 
38A-uy

Elektron pochta
Telefon raqam

+998-71-268-27-12

www.bahai.uz   Barcha huquqlar himoya qilingan