O’zbekiston Bahoiy Hamjamiyati

«Nigohingiz butun yer yuzini qamrasin …»

Bahoulloh

O‘zbekiston Bahoiylari, shu mamlakatda yashayotgan va Hazrati Bahoulloh ta’limotidan ilhomlanib, uni jamiyat farovonligi uchun atrofidagilar bilan birgalikda hayotga tadbiq etishni o‘rganayotgan kishilardir.

O’zbekiston Bahoiylar Hamjamiyati o’z do’stlari, vatandoshlari va muassasalar (tashkilotlar) bilan birgalikda hayotning barcha asosiy jabhalarida birdamlik o’rnatishni o’rganmoqdalar. Ularni jamiyatda birdamlikni yaratish va saqlash, hamda moddiy va ma’naviy taraqqiyotga hissa qo’shish uchun har bir kishi mas’ul ekanligi haqidagi qarashlar ilhomlantiradi.

Bahoiy jamoasining O’zbekiston hududida paydo bo’lish tarixi O’rta Osiyo xalqlarining Fors xalqlari bilan yaqin aloqalari tufayli 1880-yillarning oxirlarida boshlangan. Bugungi kunda 6 viloyat va shaharlarda Bahoiy jamoalari mavjud bo’lib, ular birgalikda O’zbekistonning boy madaniy, etnik va til xilma-xilligini o’zida aks ettiradi.

   Abdul-Baho

vafotining

100 yilligi

1921-yil 28-noyabrda Abdul-Baho muqaddas zaminda vafot etdi. Uning hayoti va merosi ushbu yuz yillikda butun dunyoda yodga olinadi.

Uning hayoti va merosi haqida ko’proq bilib oling

Birdamlikdagi Turfa Jamoa >

«Bizning barchamiz bir ummon to‘lqinlari, bir daryo tomchilari, bir osmon yulduzlari, bir quyoshning nurlari, bir bo‘stonning daraxtu gullarimiz» – Bahoulloh

Ushbu mamlakat Bahoiylari o’zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, ruslar va boshqa millatlarni o’z ichiga olgan O’zbekistonning xilma-xilligi va ko’p millatli ekanligini aks ettiradi. Odamlarning keng doiralari o’rtasidagi o’zaro ta’sir Bahoullohning insoniyatning birligi haqidagi qarashlarini amalga oshirishga yordam beradi.

Ta’limotning Amalda Qo‘llanishi >

O‘zbekiston Bahoiylari do‘stlari va qo‘ni-qo‘shnilari doirasida barchaning ruhiy va moddiy ravnaqiga hissa qo‘shadigan, jamoaviy hayotni bunyod etishni o‘rganmoqdalar.