“Bizning yagona odamzod oilasiga tegishli ekanligimiz haqidagi ishonch – Bahoiy E’tiqodining negizidir. Insoniyat birdamligi tamoyili, bu Hazrati Bahoulloh ta’limotidagi barcha tamoyillar aylanuvchi tayanch markazidir…”.
Hazrati Bahoulloh inson dunyosini odam tanasiga qiyoslaydilar. Ushbu tanada millionlab hujayralar shakli va funksiyasiga ko‘ra turli xil bo‘lib, sog‘lom tizimni saqlashda o‘z rolini o‘ynaydi. Tana faoliyatini boshqaradigan tamoyil – hamkorlikdir. Tananing turli qismlari resurslar olish uchun raqobat qilmaydi; aksincha har bir hujayra avval boshdan uzluksiz berish va qabul qilish jarayoniga biriktirilgan.
Insoniyat birdamligini tan olish – irqiy, diniy yoki jinsiy bo‘lgan barcha xurofotlardan voz kechishlikni talab etadi.
«Insoniyat negizida mutlaq birodarlik mavjud, zero barcha yagona Ollohning quli va barcha ilohiy iroda va himoya ostidagi yagona oilaga tegishlidir».
— Hazrati Abdul-Baho