Skip to content Skip to footer

E’tiqod tamoyillari

biz nimaga ishonamiz

Birdamlik bir xillika intilishda emas, balki turfalikdadir va bu hayotni tashkil etuvchi asosiy tamoyildir.

O‘zbekiston Bahoiy Jamoasi

Diyorimiz Bahoiylari O‘zbeksitondagi ko‘p millatlilik va turfalikni aks ettirib, o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, tatarlar, ruslar va boshqa millatlarni o‘z ichiga oladi. Keng doiradagi kishilar bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatish, Bahoullohning birdamlik haqidagi qarashiga uyg‘undir. Biz Ul Zotning g’oyasini amalga oshirishda, jamiyatda inson olijanobligi va sha’nini qo‘llash, madaniy turfa xillikni qadrlash, hamda uning a’zolari o‘rtasida ongli ravishda hamdo‘stlik va birdamlikni rag‘batlantirish uchun do‘stlarimiz va qo‘shnilarimiz bilan hamkorlik qilamiz.

Bahoiylar ishonadilarki, rivojlanishning har bir bosqichida insonlar sivilizatsiyani oldinga siljituvchi bilimlarga ehtiyojmand bo‘lganlar. Ushbu talabga javob o‘laroq, Olloh insoniyatga Elchilar sifatida tanilgan Ilohiy Murabbiylarni yuborib kelgan. Ular keltirgan bilim va ta’limotlar sivilizatsiya taraqqiyoti uchun zamin yaratgan. Ibrohim, Krishna, Zardusht, Muso, Budda, Iso va Muhammad shular jumlasidandir. Zamon jihatidan oxirgi elchi bo‘lmish Bahoullohning tushuntirishicha, bu dinlarning barchasi yagona manbadan nozil bo‘lib, o‘z mohiyatida yagona Olloh dinining ketma-ket boblarini tashkil etadi. Bahoullohning g’oyasiga asosan, sivilizatsiya taraqqiyotining navbatdagi bosqichi insoniyat birdamligi bilan bog‘liqdir.

O‘zbekiston hududida birinchi Bahoiy jamoalari 1880-yillarning oxiridan boshlab paydo bo‘lgan. Bugungi kunga kelib, Bahoiy jamoalari O‘zbekistonning boy madaniy, etnik va tillar xilma-xilligini o‘zida aks ettirgan 7-ta viloyat va shaharlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular – o‘z xalqining farovonligi uchun xizmat qilishdek umumiy maqsadga sherik bo‘lgan jamiyatning barcha qatlamlari bilan hamkorlikka ochiqdirlar.

Tematik sohalarni o'rganish

Bahoiy e’tiqodi va amallarida asosiy mavzu bo’lgan quyidagi bo’limlarni tadqiq eting
Ruh hayoti
Asosiy sahifa
Muhim munosabatlar
Asosiy sahifa
Umumbashariy tinchlik
Asosiy sahifa
DSC_2081-2 (2)
Bahoiy tamoyillari

Bahoiy tamoyillari

Bahoiy ta’limoti va e’tiqodining negizini uch asosiy tamoyil tashkil etadi: Ollohning yagonaligi, dinlarning yagonaligi va insoniyatning yagonaligi.

  • Haqiqatni mustaqil izlash
  • Butun insoniyatning birligi
  • Bid’at-xurofotlarning barcha shakllariga barham berish
  • Din va ilm-fan o‘rtasidagi uyg‘unlik
  • Ayollar va erkaklar huquqlarining tengligi
  • Umumiy ta’lim
  • Xalqaro yordamchi tilni qabul qilish
  • Boylik va qashshoqlikning haddan oshishini bartaraf qilish
  • Davlatlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish uchun xalqaro tribunalni tashkil etish
  • Adolatni insoniy ishlarda yetakchi tamoyil sifatida belgilash