Skip to content Skip to footer

Ruh hayoti

«Gar Ilohiy bilimning zilol suvlaridan kichik bir tomchisini ichganingda edi, haqiqiy hayot vujud hayoti emas, balki ruh hayoti ekanligini hozirlik bilan tan olarding…»

Bahoulloh

Hazrati Bahoulloh Zuhurida ta’kidlanishicha, hayotimizning maqsadi Ollohni bilish va Uning huzuriga yetishishdir. Bizning haqiqiy mohiyatimiz bu – idrokli ruh, qaysiki erkin iroda va anglash qudrati orqali bizga o‘zimizni va jamiyatimizni muntazam yaxshilash imkonini beradi. Ollohga va insoniyatga xizmat qilish yo‘lidan borish hayotni mazmunga to‘ldiradi va ruhimizni tanadan ajralgach, Yaratuvchisi sari abadiy sayohatni davom ettirish uchun tayyorlaydi. Ushbu bo‘limda to‘rtta mavzu ko‘rib chiqiladi. Har bir sarlavha ostida bir necha sahifa, maqolalar, Bahoiy bitiklaridan parchalar keltirilgan, shuningdek berilgan mavzular chuqurroq muhokama etilgan boshqa manbalar mavjud.

 

Inson ruhi

Har bir inson bu dunyoga faqat qisqa vaqt ichida keladigan va Ollohga yaqinlashishda abadiy davom etadigan idrokli ruhga ega. Hayotimizning maqsadi yaqinlarimizga xizmat orqali ruhan o‘sishdan iborat. Shunday yo‘l tuta turib, keyingi hayotimizda zarur bo‘ladigan ruhiy fazilatlarga ega bo‘lamiz.

Sig‘inish

Ibodat, mushohada, ro‘za, ziyorat va boshqalarga xizmat – bu taqvoli hayotning ajralmas qismidir. Ular yordamida alohida odamlar va butun jamoalar Olloh va insoniyat orasida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos munosabatni muntazam mustahkamlashi mumkin.

Saxovatga to‘la hayot

Shamning maqsadi nur taratish bo‘lgani kabi, inson ruhi ham saxiylik in’om etish uchun yaratilgan. Biz vaqtimizni, energiyamizni, bilim va moliyaviy resurlarimizni beminnat taqdim etganimizdagina  xizmatga baxshida hayotimizda eng oliy vazifamizni bajargan bo‘lamiz.

Fe’l-atvor va xulq

Bu dunyoda ruhiy fazilatlarni rivojlantirish, xulq-atvorimizni doimiy takomillashtirishdan ayri bir amal emas, ya’ni har bir inson zotiga ato etilgan oliyjanoblik va butunlikni yanada ko‘proq ifoda etishdadir. Bunday ruhiy fazilatlarga o‘z-o‘zining diqqat markazida bo‘lish orqali ega bo‘lish mumkin emas; ular boshqalarga xizmat qilganda rivojlanadi.