Hazrati Bahoulloh ta’limoti keng qamrovli bo‘lib, u shunday mavzularni tadqiq etadi: Zuhurning tabiati va maqsadi, inson mavjudotiga xos tabiiy oliyjanoblik, ruhiy fazilatlarni rivojlantirish, hamda odamzotning tabiat dunyosi bilan o‘zaro ta’siri. Bahoiy Bitiklarida ko‘pincha “butun insoniyatning oliy maqsadi” bo‘lmish – umumiy tinchlik ham tilga olinadi, shuningdek, bunday tinchlikka xayrixoh ijtimoiy prinsiplar borasidagi tushuntirishlar ham keltirilad.
Bu prinsiplar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: haqiqatni mustaqil tadqiq etish; Bahoiy E’tiqodining negiz tamoyili bo‘lmish butkul insoniyat naslining birligi; xurofotlarning barcha ko‘rinishiga chek qo‘yish; din va fan o‘rtasida mavjudligi lozim bo‘lgan hamohanglik; erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenghuquqlik, insoniyat qushining parvozi uchun lozim bo‘lgan ikki qanotdir; majburiy ta’limning kiritilishi; umumjahon yordamchi muloqot tilining qabul qilinishi; haddan ortiq bo‘lgan boylik va kambag‘allikka chek qo‘yilishi; davlatlar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish uchun umumjahon tribunalning tashkil etilishi va insoniy ishlarida bosh prinsip etib, adolatning tasdiqlanishi. Bahoiylar ushbu prinsiplarga shunchaki mujmal bir niyatlar sifatida qaramaydilar; ular alohida shaxs, jamoa va muassalar tomonidan barobar ravishda zaruriy va amaliy e’tiborni talab qiladigan masalalar sifatida tushuniladi.
1985 yilning Oktyabr oyida Umumjahon Adolat Uyi butun insoniyatga qaritilgan umumjahon tinchligi mavzusidagi “Dunyoviy Tinchlik Va’dasi” degan maktubi nashr etilganini e’lon qildi. Bahoiy jamoalarining xalqaro tinchlik o‘rnatilishining jamiyat evalyutsiyasidagi navbatdagi bosqichi ekanligiga bo‘lgan ishonchi sabablarini tushuntirar ekan, maktub shuni yaqqol ta’kidlayd:
Yaxshi niyatli odamlar butun qalbi bilan yuz yillar davomida intilib kelayotgan va sonsiz payg‘ambaru shoirlar avlodi tomonidan tasviri kuylab kelingan, asrdan asrga qadar muqaddas bitiklarda hamisha insoniyatga bashorat qilingan Buyuk Tinchlik, nihoyat, xalqlar erisha oladigan darajada yaqinlashdi. Tarixda birinchi bor har birimiz butun sayyorani uning ko‘psonli turli tuman xalqlari bilan yagona istiqbolda kuzatish imkoniga egamiz. Dunyoviy tinchlik nafaqat mumkin balki muqarrar.