Skip to content Skip to footer

Faoliyati turlari

biz nima qilamiz

Bilim jomi limmo-lim, undan totganlar saodatmanddir! Hayot chashmasi serob, undan ichganlar saodatmanddir!

Abdul-Baho

O‘zbekistondagi bahoiylar o‘z do‘stlari va qo‘ni-qo‘shnilari davrasida barcha uchun ham moddiy, ham ma’naviy taraqqiyotga hissa qo‘sha oladigan jamoa namunasini qurishda birgalikda mehnat qilishni o‘rganmoqdalar.

Bahoiy E’tiqodining 19 asrda diyorimizda vujudga kelganidan buyon, ko‘plab kishilar borgan sayin bu ta’limotdan dunyo islohoti haqidagi ajoyib qarashni topmoqdalar. Aksariyat kishilar ta’limot orqali o‘zlari uchun kashf etgan tamoyillarni ishlarida va kundalik hayotlarida tadbiq qilishga intilmoqdalar, masalan insoniyat birdamligi, ayollar va erkaklar tenghuquqligi, bid’at xurofotlardan voz kechish, fan va din o‘rtasidagi hamohanglik kabi tamoyillar shular jumlasidandir. Boshqa bir insonlar esa, insoniyatning yetuklik chog‘iga yetishishidek g‘aroyib bir qarashni amalga oshirishga qaratilgan urinishlarda bevosita o‘z hissalarini qo‘shish uchun yanada ildamroq qadam tashlab, bahoiy jamoasiga qo‘shilishga qaror qilmoqdalar.

Bahoiylar insoniyatga xizmat qilishdek umumiy maqsadni qo‘llab-quvvatlaydilar va buni o‘z xalqiga xizmat qilish, hamda Bahoiy tamoyillariga asosan o‘z ichki dunyosini barkamol etish orqali amalga oshiradilar. Ular tegishli bo‘lgan jamoa har qanday balandparvozlik hissidan va haqiqatni mutlaq tushunishga iddao etishdan ozod bo‘lib, o‘zining amalda o‘rganuvchanligi bilan ajralib turadi. Ushbu jamoa o‘z xalqining umidli kelajakka bo‘lgan hissini parvarish etish va mamlakatda birdamlik va tinchlikni saqlash, odamzod iztirobini kamaytirish uchun mehnat qilayotgan barcha odamlarning mushtarak urinishlarini qadrlab, astoydil ko‘maklashishga intiladi.

O‘zbekiston Bahoiylarining qat’iy ishonchi shundaki, jamiyatning, qolaversa butun dunyoning birdamlikka erishish jarayoni oila va mahalla miqyosidan bosh oladi, zero o‘sha joyda yashovchi har bir inson chuqur ma’suliyat hissiga to‘lib, jamoa hayotini qurishni o‘rganadi va ma’naviy, hamda moddiy rivojlanishga o‘z hissasini qo‘shadi;

yoshlar o‘z kichik uka-singillariga axloqiy o‘rnak bo‘ladi; ko‘pmillatli xalqimizning madaniyatiga xos bo‘lgan, asrlar davomida donolik va hikmat bilan, shaxsiy tanlov huquqiga hurmat bilan tinchlik osoyishtalikni saqlashda yordam berib kelgan azaliy qadriyatlar tiklanadi.

Oiladagi chinakkam hamohanglik va totuvlik mahalla va yurt totuvligi bilan chambarchas bog‘liqligiga ularning ishonchlari komil. Qachonkim, yashash joyimizdagi har bir inson bolalar va o‘smirlarning ruhiy, aqliy va jismoniy ta’lim tarbiya masalalarida, hamda qanday qilib bu tarbiyani amalda tadbiq etishdek suhbatlarda faol qatnashsa; Qachonkim, erkagu ayol, kattayu kichik o‘z atrofiidagilarga xizmat uchun hamkorlikda, yelkama yelka jamoa ishlarida faol qatnashsa; Va bu jarayonga hamma taklif qilinsa; Chunki bundan maqsad, oxir oqibat har bir kishi tomonidan o‘z rivoji va o‘zgalar rivoji uchun ma’suliyatni his etish va o‘zini bu yo‘lda faol ishtirokchi sifatida ko‘rishdir. Shuningdek, Bahoiy jamoasi g‘oyalar bilan almashish uchun jamiyat hayotida ham ishtirok etadi va jamiyat farovonligi yo‘lida Bahoiy ta’limotini tadbiq etishdan o‘rgangan kamtarona tajribasi bilan bo‘lishadi.

Tematik sohalarni o'rganish

Bahoiy e’tiqodi va amallarida asosiy mavzu bo’lgan quyidagi bo’limlarni tadqiq eting
Bahoullohning chaqirig‘iga javob
Bahoiy hayoti uchun asosiy ikkitomonlama maqsad
Ibodatli hayot
Bahoiylar jamoasi hayotida xizmat va ibodatning ajralmasligi
Oila va bolalar
Oilaning ahamiyati va farzand tarbiyasi
Yoshlar
Yosh bahoiylarning dunyoni yaxshilashga hissa qo’shishdagi sa’y-harakatlari
Institutsional salohiyat
Bahoiylar jamoasining ma’muriy tuzilmalarini rivojlantirish va ular bilan bog’liq jarayonlarni takomillashtirish
Jamiyat hayotida ishtirok
Moddiy va ma’naviy tsivilizatsiya rivoji uchun boshqalar bilan birga harakat qilish