Skip to content Skip to footer

Hazrati Bahoulloh — Ilohiy Murabbiy

Men hech qachon dunyoviy hukmronlikka da’vo qilmadim. Yagona maqsadim Ollohning Menga buyurganlarini insonlarga taqdim etishdir…

— Hazrati Bahoulloh

Hazrati Bahoulloh insoniyatga davr hisobidan so‘nggi bo‘lgan Ilohiy xabarini keltirgani uchun, 40 yil davomida tutqunlik, azob-uqubat va surgunlar iztirobini chekdi.Bugungi kunda Ul Zotning hayoti va vazifasi kurrai zamin bo‘ylab tobora yuksak shuhrat qozonmoqda.  Millionlab kishilar Ul Zot ta’limotini o‘z shaxsiy va jamoaviy hayotlarida dunyoni yaxshilash maqsadida qo‘llamoqdalar.

Hazrati Bahoulloh ta’limoti…endilikda, bizga diniy ta’limotning eng yuksak va eng pok shaklini tuhfa qiladi…

— Lev Tolstoy, Rus yozuvchisi

Hazrati Bahoullohning xoki osoyish topgan yer - Bahji, Bahoiylar uchun yer yuzidagi eng muqaddas joy.

Butun tarixiy o‘tmish davomida buyuk dinlar, insoniy fe’l-atvorni madaniylashtirishda birlamchi yo‘naltiruvchi kuch vazifasini ta’minlab kelgan va izdoshlar tomonidan ko‘rsatilgan intizom, fidoiylik, hamda qahramonliklar shu jumladandir. Dindagi axloqiy tamoyillarning ko‘pchiligi xulq tartibi va andazasining negizini belgilash bilan birga, insoniy munosabatlarni va insoniyat kollektiv hayoti rivojini yuqori cho‘qqilarga ko‘tarishga xizmat qildi. Har safar Olloh Mazhari paydo bo‘lganida, dunyoga insoniyatning navbatdagi uyg‘onish va rivojlanish bosqichiga o‘tishi uchun kerak bo‘ladigan yanada to‘laroq ilhom kuchi ozod bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi jihatidan oddiy bo‘lgan insoniy shaxs, Ollohning yerdagi jarchisi bo‘lishga chorlanadi. Alqissa, Yonayotgan Buta qarshisida turgan Musoni, Bodhi Daraxti ostida yorishgan Buddani, Muqaddas Ruhning kabutar qiyofasida Iso Masihga ayon bo‘lishini, yoinki farishta Jabroilning Muhammad allayhissalomga nozil bo‘lganini eslash mumkin. XIX asr o‘rtasida Olloh insonlarga yangi Vahiyni yetkazish uchun hazrati Bahoullohni chorladikim, bu nomning ma’nosi “Ollohning shon-shuhrati” demakdir. Qirq yil davomida Ul Zotning qalamiga mansub minglab satrlar, nomalar va kitoblar bitildi. O‘z Bitiklarida, Ul Zot inson hayotining ham ma’naviy va ham moddiy tomonlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi global sivilizsiya taraqqiyotining asosini bayon qildilar.