Skip to content Skip to footer

Inson ruhi

Har bir insoniy mavjudotning “jismoniy yaratilishga tegishli bo‘lmagan” ajralmas mohiyati – bu idrokli va boqiy ruhdir. Ruh va tana orasidagi bog‘liqlik borasida Hazrati Bahoulloh quyoshni metafora sifatida keltiradilar. «Inson ruhi bu, quyosh, undan vujud nurlanadi va tiriklik quvvatini oladi – uni shu tariqa anglamoq lozim». 

Shaxsning rivojlanishi ruh quvvatidan foydalanish asnosida sodir bo‘ladi. Hazrati Abdul-Baho aytadilar-ki, ruh «jismlarning haqiqiy mohiyatini kashf qilish, modda xossalarini anglash va borliq sirlariga sho‘ng‘ish qobiliyatiga ega. Barcha ilmlar, bilim, san’at, ajoyib yutuqlar, muassasalar, kashfiyotlar va tashkilotlar idrokli ruhning namoyon bo‘lishidan kelib chiqadi. 

Bizning ilohiy fazilatlarni aks ettira olishimiz fikrimizni va qalbimiz ko‘zgularini qay darajada tozalay olishimizga bog‘liq; bunga ibodat, muqaddas oyatlar o‘qish va ularni amalda qo‘llash, bilim olish, xulqimizni yaxshilash va muammo-yu, qiyinchiliklar dosh bera olishimiz shuningdek, insoniyatga xizmat qilish orqali erishish mumkin.

O‘lim kelganda ruh vujuddan ajraladi va kamolot yo‘li sari abadiy rivojlanishda davom etadi.

«Ruh ruhiy hayotga erishganidagina ezgu mevalar beradi va Ilohiy daraxt kabi bo‘ladi»

— Abdul-Baho

"Hayot yo‘li - bu ilohiy bilim va kamolotga eltuvchi yo‘ldir". - Hazrati Abdul-Baho