Skip to content Skip to footer

Oʻzbekistonda oʻtkazilgan “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida, Bahoiy jamoasi vakili bunday muhim tadbirning tashkil etilgani uchun mamlakat hukumati va xalqiga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

16-noyabr, 2024-yil, Toshkent – Oʻzbekistonda oʻtkazilgan “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida, Bahoiy jamoasi vakili bunday muhim tadbirning tashkil etilgani uchun mamlakat hukumati va xalqiga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Mintaqa Bahoiy Jamoasi nomidan Osiyo mintaqaviy maslahatchisi Zebiniso Soliyeva soʻzga chiqdi. Uning taʼkidlashicha, “ Dunyoda avj olib borayotgan mojarolar, nafrat va zoʻravonlik eskalatsiyasiga qarshi oʻlaroq, turfalikning nizo va ziddiyatga emas, balki hamisha oʻzaro hurmat va totuvlikka olib kelishi kerakligiga, Oʻzbekiston tajribasi misol sifatida xizmat qiladi”. … ”Aynan dinning sof shakli, qaysikim, manipulyatsiya quroliga aylantirilmasa va shaxsiy manfaatlar ilinjida qiyshaytirilmasa, umidsizlik oʻrniga umid va nizo oʻrniga birdamlikni bera oladi. Ilohiy dinlarning muhim ijtimoiy roli ham aynan shundaki, chunonchi, ular “olamda tartibni oʻrnatish va unda yashaydigan butun aholining osoyishtaligini taʼminlashda buyuk vosita” boʻlib xizmat qiladilar”.

Mamlakatda turli dinlar va millatlarning asrlar osha totuvlikda mavjud boʻlib kelishi deyarli barcha maʼruzachilarning fikr birligidan dalolat berishi bilan bir qatorda, maslahatchi tomonidan bugungi davrda insoniyat ilk marotaba aql va qalb, ratsionallik va muqaddaslik orasidagi hamohanglikka erishgani, hamda bashar sivilizatsiyasi oʻz ravnaqida oldinga siljigani aytib oʻtildi. Shuningdek, Oʻzbekistonning ham koʻplab boshqa mamlakatlar qatori, dunyoviy davlatchilik konsepsiyasini qoʻllashi va buning diskriminatsiyadan ozod, hamda bir dinni boshqasidan ustun qoʻymagan holda dinlar turfaligini izhor qilishda zaruriy sharoitni yaratib berayotganiligi, dunyoviylikning zamonaviy tushunchasida diniy tashkilotlarning davlat siyosiy ishlariga aralashmasligi ham aytib oʻtildi. Zero, bunday dunyoviylik jamiyatda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaydi.

Soliyeva xonimning taʼkidlashicha, “Taraqqiyot yoʻlidan oldinga qarab borishda insoniyat oʻzining aksariyat tushuncha va konsepsiyalarini qayta koʻrib chiqib, taassub va koʻr-koʻrona taqliddan tozalanishi darkor, umumbashar kelajak haqida yanada yaqqolroq nazarga ega boʻlishi, hamda tinchlik va adolat uchun shart-sharoitlarni yaratishi lozim.”

Har bir mamlakatning asosiy boyligi sifatida yoshlarning roliga alohida eʼtibor qaratildi. Jamiyatdagi konstruktiv oʻzgarishlarning asosiy ishtirokchisi boʻlish, mamlakatning boy intellektual va madaniy merosini asrab-avaylash va yuksaltirishni kafolatlash yoshlarga bogʻliq. Shuningdek, yosh avlodga olijanob xarakterning poydevorini qurishda, oʻzini bidʼatlar dogʻidan toza holda saqlashda va ularning kurtak otib borayotgan salohiyatini jamiyatga xizmat yoʻliga yoʻnaltirish oila va jamiyatdagi ruhiy-axloqiy tarbiyaning muhimligi taʼkidlandi.

Chiqish yakunida, qobiliyatni shakllantirish, dialogni oʻrnatish, hamda birdamlikka sodiqlik kabi tamoyillarga toʻxtab oʻtildi, chunonchi, bular yordamida jamiyat koʻplab qiyinchiliklarni engib oʻtishi va oʻz hamjihatligi, jipsligini saqlab qolishi taʼkidlandi.

Anjuman doʻstona, oʻzaro ehtiromli hamkorlik ruhida boʻlib oʻtdi va uning natijasida barcha ishtirokchilar tomonidan imzolangan rezolyutsiya qabul qilindi.

Siz bilan muloqat qilishdan mamnunmiz
Manzil

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Boyqorg’on MFY, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 
38A-uy

Elektron pochta
Telefon raqam

+998-71-268-27-12

www.bahai.uz   Barcha huquqlar himoya qilingan