Skip to content Skip to footer

Bahoiy Ma’muriy Tartibi

Bahoiy jamoalari faoliyati har birining o‘z amal qilish sohasidan iborat bo‘lgan muassasalar tizimi orqali boshqariladi. Ma’muriy tartib deb tanilgan ushbu tizim o‘z ibtidosini Hazrati Bahoulloh Bitiklaridan oladi. Ul Zot bu tizim faoliyatini yo‘naltiruvchi tamoyillarni nozil etdi, uning muassasalarini o‘rnatdi, O‘z Kalomining yagona tavsifchisi sifatida Abdul Bahoni tayinladi va Umumjahon Adolat Uyi vakolatlarini joriy etdi. O‘z Irodasi va Vasiyatnomasida Abdul-Baho O‘z nabirasi Shavqi Afandini Bahoiy E’tiqodi Muhofizi sifatida tayinladi. O‘z xizmatining eng avvalidan Shavqi Afandi butun kuchini Ma’muriy tartibni rivojlantirishga bag‘ishladi, hamda uning ibtido shaklini yaratib, Umumjahon Adolat uyi saylovlariga yo‘l ochib berdi. 

Bugun Umumjahon Adolat Uyi ma’muriy tartibotning markaziy boshqaruv organidir. Uning rahbarligida saylanmish organlar, ya’ni Mahalliy va Milliy Ruhoniy Kengashlar siftida tanilgan muassasalar – har biri o‘z miqyosida qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyatini bajarish orqali bahoiy jamoasi ishlarini yuritmoqdalar. Maslahatchilar Muassasasi – qobiliyatlari tan olingan shaxslar tayinlangan Muassasa bo‘lib, Umumjahon Adolat Uyi rahbarligida faoliyat yuritadi va Bahoiy jamoasi hayotiga mahalliy miqyosdan boshlab xalqaro darajagacha ta’sir ko‘rsatadi. Ruhoniy Kengashlarga maslahat yordamida ko‘mak ko‘rsatishdan tashqari, ushbu muassasa a’zolari harakatga bo‘lgan intilishni rag‘batlantirib, shaxsiy tashabbusni o‘stiradilar va umuman Bahoiy jamoasidagi tahsil jarayoniga hissa qo‘shadilar. 

O‘ziga tegishli vazifalarni bajarar ekan, Maslahatchilar va Ruhoniy Kengash muassasalari Bahoiy E’tiqodini himoya qilish hamda uni tarqatish mas’uliyatini birgalikda o‘z zimmalariga oladilar. Ular orasidagi o‘zaro hamohang munosabatlar dunyo bahoiy jamoasi a’zolarini muntazam ravishdagi rahnamolik, muhabbat va ilhom bilan ta’minlaydi. Ular birgalikda jamiyat farovonligiga hissa qo‘shish uchun yo‘naltirilgan yakka tartibdagi va jamoaviy harakatlarni jonlantiradilar. 

Bahoiy muassasalari, nafaqat bahoi jamoasi hayotining ichki jihatlarini boshqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi, vaholanki bu ham o‘ta muhim. Eng avvalo ma’muriy tartib, insoniyatning jamoaviy yetuklikka siljigani sayin, jamiyatni birga jipslashtirish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat munosabatlarni o‘z ishida mujassam etguvchi E’tiqod ruhi oqadigan kanal sifatida xizmat qilish uchun mo‘ljallangandir.

«Ul Zotning yangi dunyoviy tartiboti, hozirda Uning O‘zi yaratgan ma’muriy muassasalar bo‘g‘inida gupurayotgan bir tizimki, dunyo ittifoqining yadrosi hamda andazasi bo‘lib xizmat qilajak, shubhasizki, bu zamin xalqlari va davlatlarining muqarrar taqdiridir.»

— Shavqi Afandi

Ushbu ma’muriy tartib qad ko‘targan tamal toshi, bugungi kunda insoniyat uchun Ollohning o‘zgarmas maqsadidir. Uning ilhom manbai, Hazrat Bahoullohning O‘zidir. – Shogi Effendi