Skip to content
Fe’l-atvor va xulq
Ko‘rilayotgan mavzuning tabiatini hisobga olgan holda, veb saytning mazkur qismidagi tematik to‘plamlar o‘z tuzilishi jihatidan boshqalardan farq qiladi. Unda ilohiy qonunga oid bitta maqola va Bahoiy Bitiklaridan olingan to‘rt mavzuga bo‘lingan parchalar keltirilgan: muhabbat va bilim; rostgo‘ylik, ishonchlilik va adolatlilik; qalb pokligi; mo‘minlik (itoat) va Ollohga ishonch. Biroq boshqa tematik to‘plamlarda bo‘lgani kabi ham, bu yerda maqola va resurslarga tegishli bo‘lgan savollarga oid parchalardan saylanmalar kiritilgan.
Ilohiy qonunlarga rioya qilinib, muhabbat va bilim o‘stirilgan sharoitda ruhiy fazilatlar rivojlanadi. Olloh ilmining ong va yurakda kengayishiga ruxsat berganimizdagina, yuksak tabiatimizga xos fazilatlar gullab-yashnay boshlaydi. Tobora o‘sayotgan aniqlik bilan nimaning yuksaklikka eltishi va nimaning xorlikka sabab bo‘lishini farqlaydigan bo‘lamiz, hamda, jismoniy borliq, insoniy mavjudot va ruh hayoti to‘g‘risidagi tushunchamiz o‘sadi. Ilm olish orqali muhabbat o‘sadi, haqiqiy tushuncha esa muhabbat tufayli kengayadi. Yurak va aql o‘rtasidagi soxta dixotomiya yo‘qoladi.
Bunday rivojlanishga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar mavjud: ular orasida ibodat, mushohada, o‘rganish istagi va kundalik doimiy sa’y-harakatlar, ayniqsa insoniyatga xizmat qilish maydonida. Ruhiy hayot kechirishga intila turib, kishi diqqatni o‘z o‘ziga haddan ortiq qaratsa, bu teskari ta’sirga olib kelishi mumkin. Hazrati Bahoulloh yozadilarki: «har ne inson yuragi va qalbini nurlantirsa» biz fikrimizni o‘shanga qaratishimiz kerak va Ul Zot davom etadilar: «bunga erishishning eng a’lo yo‘li muqaddas va ezgu amallar hamda fazilatli hayot va xush xulq orqalidir». Hazrati Abdul-Baho shunday yozganlar: “O‘z ma’suliyatni bajarishga ko‘tarilgan inson naqadar aziz va sharafli; va agar o‘z bebaho hayotini shaxsiy g‘arazi va moddiy manfaatni ko‘zlashga sarflab, jamiyat manfaatidan ko‘z yumadigan bo‘lsa naqadar zalil va razildir”.
Ruhiy fazilatlarni rivojlantirishdagi o‘z sa’y-harakatlarimizga qarashimiz shu tarzda bo‘lishi mumkin, ya’ni biz tirishqoqlik va o‘rganuvchanlik bilan, aybdorlik hissidan ozod holda, xatolarning muqarrarligini tan olib, ammo, o‘zimizdagi iste’dodlar salohiyatini hech qachon ko‘zdan qochirmagan bir tarzda, tavoze’ ila Rabbimiz bilan birga bormoqdamiz.Qiyinchilik va cheklanishlar bo‘lishi tayin, shunday bo‘lsada, bu shodlig-u, baxtga to‘la bir sayrdir.
Fe’l-atvorni borgan sayin mukammallashtirishdan iborat umr bo‘yi davom etuvchi bu jarayonda, eng katta xavflar orasida – o‘zini haq deb bilish hissi, balandparvozlik va mag‘rurlik kabi qirralardirki, ular butun ruhiy rivoj ishini buzishi va uning poydevoriga putur yetkazishi mumkin. Hazrati Bahoulloh shunday yozadilar:
Ruh hayotida markaziy o‘rinni Olloh sari bo‘lgan abadiy safarimizni davom ettirish uchun har birimizga kerakli bo‘ladigan ruhiy fazilatlarni rivojlantirish egallaydi. Bu dunyoda ruhiy fazilatlarni rivojlantirish, o‘z xulqimizni muntazam ravishda komillashtirish bilan bog‘liqdir, chunonchi, bizning hatti-harakatlarimiz har bir insonga ato etilgan oliyjanoblik va butunlikni aks ettirishi kerak. Hazrati Abdul-Baho aytadilar: